Universitet xorijiy mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlikni boshladi

“2020-2021-o‘quv yilidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tajribali, xorijiy mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlikni yo’lga qo’ydi.”

ToshDO’TAU ning barcha kafedralari chet ellik mutaxassislar bilan aloqalarni boshlashdi. Xususan, O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘quv va ilmiy sohalarga oid ikki tomonlama shartnoma imzolandi.
Rejaga muvofiq, 2020-yil 2-noyabr kuni qozog‘istonlik yetakchi olim, psixologiya fanlari doktori, professor Muxan Atenovich Perlenbetov tomonidan O‘zbek tili fakulteti “O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili” yo‘nalishi 2-3-kurs talabalariga “Umumiy psixologiya” fanidan “Мозг и психика”, психофизиологические основы процесса обучения” mavzusida ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.

Shuningdek, ma’ruza mashg‘ulotida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent Muxamedjanova Vera Avrorovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Aslonov, psixologiya fanlari nomzodi Damegul Arapbayeva, o‘qituvchilar, magistrantlar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.