Ilmiy ishlar himoyasidan lavhalar

Universitet ilmiy salohiyati tobora oshib bormoqda

28.10.2020

Eshmatova Yulduz Boymaxmatovnaning 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Istiqlol davri o‘zbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini”  mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qilganligi munosabati bilan universitet jamoasi samimiy muborakbod etadi.

 

 

Universitetimiz jamoasi safiga yana bir yosh, iste’dodli fan doktori qo‘shildi.

 

15.01.2020

Bugun ilm dunyosi yana bir mukammal tadqiqot bilan boyidi.

 

Oʻzbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi dotsenti, talabalarning sevimli ustozi Qoʻldosh Pardayev doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Qoʻldosh Pardayevning tadqiqoti yangicha muqimiyshunoslikka, qolaversa, oʻzbek matnshunosligi uchun yangicha tadqiqot ekani bilan ahamiyat kasb etadi.

Qoʻldosh Pardayevni universitetimiz rahbariyati hamda pedagogik jamoa nomidan muvaffaqiyatlar bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Universitetimiz jamoasi safiga yana bir yosh, iste’dodli fan doktori qo‘shildi.

 

 

 

Universitetimiz ilmiy salohiyati yana bitta fan doktori bilan boyidi.

 

08.01.2020

Bugun universitetimiz ilmiy salohiyati yana bitta fan doktori bilan boyidi. Hozirda o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Normamatov Sultonbek Ermamatovich “O‘zbek lug‘atchiligining shakllanishi va rivojlanishida jadid ma’rifatparvarlarining o‘rni” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc)dissertatsiyasini 100 foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

 

Universitetimiz ilmiy salohiyati oshishda davom etmoqda

 

30.11.2019

Bugun universitetimiz yana bir yutuqni qo‘lga kiritdi desak har jihatdan arziydi. Haqiqiy  pedagog, salohiyatli  olima, samimiy inson, pedagogik jamoamizning faxri  Dilnavoz Yusupova mumtoz adabiyotning ifoda shakli bo‘lgan aruz ilmi bo‘yicha “Temuriylar davridagi aruzga doir risolalarning qiyosiy tahlili” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

 

Pedagogik jamoamizning salohiyati oshib bormoqda

Bugun ham jamoamiz uchun tarixiy kun bo‘ldi. Tajribali ustozimiz Mavlonova Klara pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 100 foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildilar. Ularga omad  va muvaffaqiyat tilaymiz!

 

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.