1-tashabbus amalda

 

Besh tashabbus amalda

27.11.2020

“Filologiya fakultetida mo‘yqalam sohiblari uchun ijodiy tanlov tashkil etildi.”

 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan bugun 26-noyabr kuni Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 1-tashabbusi ijrosi yuzasidan “Sehrli mo‘yqalam” ijodiy ishlar tanlovi tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani Baxtiyor Abdushukurov, fakultet dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o‘rinbosari Anvar Qurbonov, fakultetning yoshlar yetakchisi Siroj Bekchanovlar qatnashib, ishtirokchilarga omad tiladi. Tanlov 3 mavzu doirasida tashkil etilib, rasmlar ishtrokchilardan yig‘ib olindi. G‘oliblar tez orada e’lon qilinadi hamda alohida taqdirlash marosimi tashkil etiladi.

 

 

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus g‘oyasi barcha oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarning o‘zagini tashkil qiladi. Jumladan, universitetimizda ham 5 tashabbus doirasida keng ko‘lamda tashkiliy va amaliy ishlar bajarilmoqda. 1-tashabbus uchun “Talabalar teatr studiyasi”ga 3 ta xona ajratilgan. “Navoiy vorislari” nomi bilan “Talabalar teatr studiyasi” tashkil etilgan. Mavjud 3 ta fakultetda ham shunday studiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Studiyalarga 50 nafar talaba yoshlar qamrab olingan.  Ular tomonidan “Alisher Navoiy”,  “Davlat bolalari”,  “Ruhlar isyoni” kabi asarlar sahnalashtirilgan. Shu kunga qadar universitetda 12 marotaba, mahallalarda 6 marotaba, harbiy qismlarda 2 marotaba, “Mehribonlik uylari”da 3 marotaba spektakllar namoyish etildi.

 

Universitet Quvnoqlar va zukkolar jamoasi faoliyati haqida

Universitetda “O‘zbegim” nomi bilan “Quvnoqlar va zukkolar” klubi faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Smart”, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida “Optimal”,  O‘zbek filologiyasi fakultetida “O‘zbekona” nomlari bilan QVZ lar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularga 36 nafar talaba jalb etilgan. Shu kungacha 24 marotaba guruhlararo, 6 marotaba fakultetlararo, 4 marotaba oliy ta’lim muassasalariaro musobaqalar tashkil etildi.

“Havaskorlik ansambli” tashkil etilgan. Ularga 25 nafar iqtidorli talabalar jalb etilgan. O‘tgan o‘quv yilida ansambl tomonidan 14 marotaba chiqishlar tashkil etildi.

 

Universitetda “Talantli talabalar”ning iqtidorini namoyish etishi uchun raqs, rassomlik, abro‘ san’ati (matoga gul chizish) to‘garaklari faoliyat olib bormoqda.

 

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.