Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti axborot – resurs markazida 10 ming nomdagi 30 mingga yaqin badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, ijtimoiy – siyosiy adabiyotlar, 300 mingdan ortiq elektron resurslar, 5 mingga yaqin mobile kitoblar mavjud.
Axborot – resurs markazida olimlarning shaxsiy fondlaridan ajratilgan nodir kitoblar yetarli . Xususan, Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati bo’yicha yaponiyalik mashhur olim Xisao Komadsu ARM fondimizga 150 ta, filologiya fanlari doktori, professor A.Azizov esa 3 mingdan ortiq kitobni fondimizga sovg’a qilgan.
Qolaversa, universitetimiz professor-o’qituvchilari, respublikamizning mashhur tilshunos, adabiyotshunoslari, xalqaro hamkorlik yo’lga qo’yilgan universitetlarning olimlari, talabalar tomonidan ham kitoblar ARM fondimizga taqdim etib kelinmoqda.
Alisher Navoiy asarlari qo’lyozmasining facsimile nusxalari Rossiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Misr arab respublikalaridan keltirilgan.
ARMda 40 kishilik o’quv zali, 60 ta internetga ulanish imkoniga ega bo’lgan zamonaviy kompyuterlar va kutubxonachilik qonun-qoidalariga muvofiq barcha jihozlar mavjud.