Xushxabar
04.03.2021
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Mustanova Shahnoza Rustamovna “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.
E’tirof
27.01.2021
“Universitetimizning fidoyi ustozlaridan yana biri xorijda e’tirof etildi.”
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi PhD Nodirbek Joʻraqoʻziyev Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik, madaniy-maʼrifiy hamda ilmiy aloqalarni rivojlanishiga qoʻshgan hissasi uchun Qozogʻiston Respublikasi birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev imzosi bilan Qozogʻiston xalqlar assambleyasining “Birlik” oltin medali bilan taqdirlandi.
Nodirbek Joʻraqoʻziyev Fargʻona viloyati Beshariq tumanida tugʻilgan. 2018-yilda filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktorligini himoya qilgan. 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Maqolalari xorijdagi nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilgan.
AQSH elchisi Deniyel Rozenblyum O‘zbekiston xalqini o‘zbek tili bayrami bilan tabrikladi.
Avaz O‘tarning “Til” she’ridan iqtibos keltirdi.
21.10.2020
??Xushxabar!
17.10.2020
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Universitet jamoasi va talabalarini ushbu yutuq bilan samimiy qutlaymiz!
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinovning 1-kurs talabalariga tabrigi
11.10.2020
Universitet ilmiy salohiyati tobora oshib bormoqda…
10.10.2020
Joriy yilning 10-oktabr kuni Shirinova Yekaterina Turakulovna 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligidan “O‘zbek tili bank-moliya terminologiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasini 100 foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi. Himoya juda yuqori ilmiy saviyada, har bir savol, har bir mulohaza chuqur o‘ylangan va asoslangan holda o‘tkazildi.
Universitet jamoasi Shirinova Yekaterina Turakulovnani muvaffaqiyatli himoya qilganligi munosabati bilan muborakbod etadi.
“Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” mutaxassisligi magistrantlaridan bayram tabrigi
01.10.2020
Sizga bitmabman hech she’r…
Sizlarni yaxshi ko’ramiz!?
01.10.2020
O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti talabalaridan tabrik
01.10.2020
Har kuningiz – jasorat!
Har darsingiz – ibrat!
Har o’gitingiz oltinga teng!
Har biringiz bizga azizsiz!
Oldingizda doimo qarzdormiz!
Bayramingiz qutlug’ bo’lsin, aziz ustoz va murabbiylar!?
Mashhur Muqimiyshunos olim Qo‘ldosh Pardayev Muqimiy nomidagi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
23.09.2020
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi va folklorshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori Qo‘ldosh Pardayevning Muqimiy nomidagi ko‘krak nishoni olgani bilan universitet jamoasi nomidan chin dildan, samimiy muborakbod etamiz.
Universitetimiz ilmiy salohiyati oshishi davom etmoqda!
15.09.2020
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Umida Rasulovaning 14.09. 2020 kuni filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov ilmiy rahbarligida XX ASR O’ZBEK QISSACHILIGI (POETIK IZLANISHLAR VA TARAQQIYOT TAMOYILLARI ) mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi himoyasi bo’lib o’tdi.
Umida Rasulovani ilmiy muvaffaqiyat bilan chin dildan muborakbod etamiz!
Kompyuter lingvistikasi – kelajak sohasi !
14.09.2020
Ma’lumki, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2021 – o‘quv yilidan boshlab KOMPYUTER LINGVISTIKASI sohasida magistratura mutaxassislari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bu borada, albatta, yangi ilmiy izlanishlar, qo‘llanmalar muhim omil hisoblanadi.
Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika kafedrasi dotsenti, PhD Nilufar Abdurahmonovaning 400 betlik “Kompyuter lingvistikasi” darsligi Lambert akademik nashriyotida nashrdan chiqdi! Universitetimiz jamoasi nomidan chin dildan qutlaymiz!
Rektor tabrigi
31.08.2020
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan yo’llagan bayram tabrigi”
Assalomu alaykum!
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasini, fidoiy va millatparvar professor-o‘qituvchilarimizni, qadrli talaba yoshlarimizni, ishchi-xizmatchilarimizni, universitetimizga xayrixoh bo‘lgan barcha insonlarni eng ulug‘, eng sharafli bayramimiz bo‘lgan Mustaqillik kuni bilan chin dildan muborakbod etaman.
Mustaqillik bergan betakror shukuh, ota-bobolarimizdan meros faxr-iftixor, o‘zbekona g‘urur, ilm-fanga oshnolik, ma’rifatga rag‘bat, yuksak ma’naviyat hech qachon Sizlarni tark etmasin.
Hazrat Alisher Navoiy: “Elga qo‘shilg‘on esh topti”,– deb yozadi.
Elning dardiga darmon bo‘lish, ko‘pchilikning koriga yarash, farzandlarimiz va ular timsolida xalqimizning rohatbaxsh, dorilamon kunlarini ko‘rish baxti hammamizga nasib etaversin.
Chuqur hurmat bilan,
Rektor Sh.Sirojiddinov
ToshDO‘TAU ustozlari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi
27.08.2020
“Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmonga imzo chekdi.”
Farmon bilan, mustaqillikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, yorqin iste’dodi, serqirra ijodi, ilmiy-innovatsion faoliyati bilan mamlakat ilm-fani, madaniyati va san’atini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun 15 kishi faxriy unvonlar bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak mukofotga sazovor bo’lganlar orasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, minglab talabalarning sevimli ustozi Karimov Bahodir Nurmetovich ham bor. Davlat rahbari filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimovni “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni bilan mukofotladi.
Shuningdek, yana 151 kishi xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki uchun mukofotlandi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik To’ra Mirzayev ham «Fidokorona mehnatlari uchun» ordeniga sazovor bo’ldi.
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU jamoasi jonkuyar ustozlarni ushbu e’tibor va rag’bat bilan muborakbod etadi.
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik sohasida yangi qadam
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Nigora Sulaymonovaning “Mahmud Zamaxshariyning Toshkent fondlarida saqlanayotgan asarlarining manbashunoslik tahlili” monografiyasi chop etildi.
N.Sulaymonovani ushbu qo’llanmani chop etgani hamda “Arab va g‘ayriarablar ustozi”, “Jorulloh” – Mahmud Zamaxshariyni ilm ahliga yanada yaqinlashtirish borasidagi muhim qadami bilan muborakbod etamiz!
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan respublika onlayn fan olimpiadasida universitetimiz talabalari g‘olib bo‘lishdi
14.07.2020
Shokirjon Tursunov( O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 304-guruh talabasi) – O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi fani, I o‘rin.
Ilmiy rahbar: Iroda Azimova
Dilbar Mirnosirova (O‘zbek filologiyasi fakulteti 102-guruh talabasi) – O‘zbek tili fani, II o’rin.
Ilmiy rahbar: Munavvara Qurbonova
Go‘zalxon Ortiqaliyeva ( O‘zbek filologiyasi fakulteti 102-guruh talabasi) – O‘zbek tili fani, II o‘rin.
Ilmiy rahbar: Sabohat Bozorova
G‘oliblarni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz!
Universitet sizdek talabalar bilan faxrlanadi! Ilmingiz bundan-da ziyoda bo‘lsin.
ToshDO‘TAU dotsenti Respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi
29.05.2020
“Xushxabar! Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan «Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari» nomli “Yilning eng yaxshi maqolasi tanlovi”da g‘olib bo‘ldi.
U o‘z ilmiy maqolasida Mahmud Zamaxshariy qalamiga mansub “Kashshof” tafsirining toshbosma nusxalarini manbashunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilgan. Sharq tillari kafedrasi dotsenti Nigora Sulaymonovani ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatida ham zafarlar qolamiz.
Universitetimiz jamoasi safiga yana bir yosh, iste’dodli fan doktori qo‘shildi.
Bugun ilm dunyosi yana bir mukammal tadqiqot bilan boyidi. Oʻzbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi dotsenti, talabalarning sevimli ustozi Qoʻldosh Pardayev doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Qoʻldosh Pardayevning tadqiqoti yangicha muqimiyshunoslikka, qolaversa, oʻzbek matnshunosligi uchun yangicha tadqiqot ekani bilan ahamiyat kasb etadi.
Qoʻldosh Pardayevni universitetimiz rahbariyati hamda pedagogik jamoa nomidan muvaffaqiyatlar bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Universitetimiz jamoasi safiga yana bir yosh, iste’dodli fan doktori qo‘shildi.