Kitobsevarlar diqqatiga

“Universitetimiz kutubxonasiga O‘zMU sobiq Turkologiya kafedrasining 2 ta fondi topshirildi.”

 

      Universitetimiz kutubxonasiga O‘zMU sobiq Turkologiya kafedrasining 2 ta fondi topshirildi. Birinchisi, Turkiyaning TIKA tashkiloti va boshqa muassasalar tomonidan taqdim etilgan, asosan, turk va ingliz tillaridagi noyob kitoblar. Ular orasida ensiklopediyalar, til va adabiyot, tarix, madaniyat va boshqa sohalarga oid ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlar, lug‘atlar, jurnallar mavjud. Masalan, «Türkler» (21 jild), «Genel Türk Tarixi» (10 jild), «Osmanlı» (12 jild), «Büyük Larousse» (18 jild), «Atatürkun okuduğu kitapler» (24 jild) singari  ensiklopediyalar bor. Mazkur qomuslardagi maqolalarning aksariyati yetakchi mutaxassislar tomonidan yozilgan.

        Ikkinchisi, kafedraga til tarixining zukko bilimdoni, mashhur olim Shamsiddin Shukurov tomonidan sovg‘a qilingan noyob kitoblar.
Mazkur kitoblardan tadqiqotlarda, dissertatsiya ishlarini yozishda unumli foydalanish mumkin. Kitobxonlarda bir iltimosimiz: ushbu kitoblarni asraylik, ularning qadriga yetaylik, kelgusi yosh avlodga yetkazaylik. Bu fikrlarni yozishdan maqsad shuki, shahardagi ko‘plab kutubxonalarga borib 3 ta kitob olsak, ulardan 2 tasining sahifalariga chizilgan yoki ma’lum bir betlari yirtib olingan bo‘ladi. Kitobga bo‘lgan salbiy munosabat, madaniyatsizlik, undan foydalanish odobi haqida qayg‘ursak, o‘zimiz va kelajak avlod uchun ham foydali bo‘lardi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.