4-tashabbus doirasida universitet asosiy binosida 2 ta, TTJlarida 2 ta xona, ARMda 1 ta xona talaba-yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, har bir kitobxonlik xonasida 1 tadan rahbar biriktirilgan. Mazkur kitobxonlik xonalarida jami 10 ming nomdagi 30 mingga yaqin badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, ijtimoiy – siyosiy adabiyotlar, 300 mingdan ortiq elektron resurslar, 5 mingga yaqin mobile kitoblar mavjud.
Mazkur xonalarda talabalarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida turli xil ko‘rik-tanlov, kitob taqdimotlari, kitobxonlik aksiyalari tashkil etiladi.