Adiblar xiyoboni-ma’naviyat maskani

Navoiyga ehtirom

28.10.2020

“Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etadi.”

Bugun Adiblar xiyobonida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “O‘zbek tili taraqqiyotida so‘z san’atkorining o‘rni” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, Davlat tilini rivojlantirish departamenti xodimi Rustam Mirvohid, Filologiya fanlariga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi, “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Sharofat Toshmirzayeva, ToshDO‘TAU, O‘zMU professor o‘qituvchilari va bir guruh talabalar ishtirok etishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, esda qolarli o‘tdi.

Bugun “Adiblar xiyoboni”da Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Filologiya fanlariga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamkorligida “O‘zbek tili taraqqiyotida so‘z san’atkorining o‘rni” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, Davlat tilini rivojlantirish departamenti xodimi Rustam Mirvohid, Filologiya fanlariga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi, “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Sharofat Toshmirzayeva, ToshDO‘TAU, O‘zMU professor o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

 

 

 

Ona tilim, sensiz jonim ruhsizdir!

13.10.2020

Joriy yilning 13-oktabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova ochib berdi. Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU professor-o‘qituvchilari Nurboy Jabborov, Nusratulla Jumaxo‘ja ham so‘zga chiqib, mazmunli nutq so‘zladilar. Ona tilimizning go‘zalligi haqida qiziqarli ma’lumotlar aytdilar. Shundan so‘ng tadbir Qodiriy ijod maktabi o‘quvchilari, folklor jamoalarining ijodiy chiqishlari bilan davom etdi.

 

 

 

Adiblar xiyobonidagi ma’naviy tadbirlar davom etmoqda.

07.10.2020

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirokida Adiblar xiyobonida ma’rifiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Husnigul Jo‘rayeva talabalarga buyuk  ajdodlarimizning adabiy merosi haqida ma’ruza qildi. Tadbir davomida ijodkor talabalar tomonidan Alisher Navoiy hazratlarining g‘azallaridan aytildi.

 

 

“Ogahiy asarlarining tili” mavzusida yana bir ochiq osmon ostidagi dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

06.10.2020

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi muassisligidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan  Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida ToshDO‘TAU professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Ogahiy asarlarining tili” mavzusida ochiq osmon ostidagi dars o‘tkazildi. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan ochiq dars xiyobonda qad rostlagan muazzam shaxs — Ogahiy haykali qarshisida olib borildi.

Tadbirda ToshDO‘TAU p.f.d., professor-o‘qituvchisi Niyozmetova Ro‘za o`zining “Ogahiyning hayoti va ijodining ilmiy chizgilari”  mavzusida ma’ruza qildilar. Xususan, Niyozmetova Roza o`z ma’ruzalarida adabiyotshunoslarimiz Ogahiyni oʻzbek adabiyotida Alisher Navoiydan soʻng samarali va sermahsul ijod qilgan adiblardan biri sifatida eʼtirof etishini ta’kidlab o`tdilar.

Ochiq darsda ToshDO‘TAU f.f.d., professori Nusratilla Jumaxo‘ja Atoulla o‘g‘li o‘zining  “Ogahiy ijodining g‘oyaviy mazmuni” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza orqali tadbir ishtirokchilariga ko`plab, qiziqarli ma’lumotlarni yodga soldi.

Tadbirda Hamid Olimjon madaniyat markazi xodimi, “Navbahor” to‘garak rahbari Turdiyev Paxlavon Ogahiyning “Ko‘rmisham” g‘azali ijro etib,  barcha tadbir ishtirokchilarni xushnud etdi. Madaniyat xodimi Madrahimova Dilbarxonning ijrosida  “Ogahiyning g’azallari bilan kuylangan qo‘shiqlariga taqdim qilingan raqslar guldastasi ishtirokchilarni Ogahiyning she’riyat olamiga hayolan olib bordi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ochiq dars davomida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Berdiyeva Malikaning Ogahiyning hayoti va ijodini o‘rganish yuzasidan interaktiv dars  mashg‘ulotidan metodik lavha taqdim etildi.  Interaktiv dars  tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi. Ishtirokchilar juda qiziqarli, kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni qo‘lga kiritishdi

Tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi “Qodiriy izdoshlari” to‘garagi a’zolarining ijodiy chiqishlari bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarning sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilarini Ogahiyni to‘laqonli yod etishiga turtki bo‘ldi.

Tadbir yakunida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sovrindori, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Yuldasheva Nilufar Abdullayevna tadbir ishtirokchilarini o‘z ma’ruzasi bilan xushnud etdi. “Mutafakkir shoir Ogahiy oltita tarixiy asar yozgan. Ularda oʻz davrining asl tarixiy haqiqati bayon etilgan. Shuning uchun ham adabiy merosimizni oʻrganishga, tariximizni xolisona anglashga intilayotgan yoshlar, albatta, uning asarlariga murojaat qilishi zarur” – deya ta’kidladilar Nilufar Abdullayevna.

Milliy kinologiya markazi bilan hamkorlikda adiblar xiyobonida davra suhbati tashkil etildi.

 

05.10.2020

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 502-sonli qarori talablariga asosan Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari yozuvchi va shoirlarning hayoti, ijodi bilan tanishtirish maqsadida Adiblar xiyobonida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy targ‘ibot va tadbirlarni uyushtirish bo‘limi boshlig‘i, shoira F.Xudoyqulova va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti A.Ulug‘ovlar ishtirok etdilar.

Dastavval, Markaz xodimlari Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yishdi hamda ToshDO‘TAU professor-o‘qituvchisi, adabiyotshunos olim Abdulla Ulug‘ov Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berdi. Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongiga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelayotganligini, mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, F.Xudoyqulova so‘zga chiqib Alisher Navoiyni o‘qib o‘rganish, targ‘ib qilish, ayniqsa, yoshlarimizga o‘zligini anglatish, ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida, umuminsoniy g‘oyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Markaz yoshlari Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy,  Behbudiy, Hamid Olimjon, Zulfiya, Said Ahmad va Saida Zunnunovalar hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar bilan tanishtirildi. Adiblar xiyobonida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutishi bilan ahamiyatlidir.

Adiblar xiyobonida adabiy kecha o‘tkazildi

 

23.09.2020

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan Adiblar xiyobonida adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor Uzoq Jo‘raqulov, filologiya fanlari nomzodi Gulbahor Ashurova talabalarga Navoiy ijodi va shaxsiyati haqida qiziqarli ma’ruza o‘tdilar.

Tadbirga talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar yanada fayz kiritdi.

 

Navoiy asarlari xorijiy tillarda…

09.09.2020

Shu kunlarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboni bugun o‘ziga xos yangi qiyofaga kirdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va g‘oyasi asosida bu yerda ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, katta maydonda Adiblar xiyobonining yaxlit me’moriy ansambli yaratildi. Adiblar xiyobonini g‘oyaviy­-badiiy jihatdan yanada boyitish maqsadida Alisher Navoiy,Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, singari atoqli namoyandalar xotirasiga bag‘ishlangan yangi yodgorlik majmualari ham yaratildi.

Joriy yilning 20-may kuni Prezidentimiz Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, bir guruh ijodkorlar bilan uchrashdi hamda ushbu qutlug‘ maskanning ijtimoiy-ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati qanday bo‘lishi kerakligini aniq-ravshan tushuntirib berdi. “Bu joy xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbiga adabiyotni, u orqali, ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatni olib kiradigan tabarruk dargoh bo‘lishi lozim”, deya ta’kidladi yurtboshimiz. Milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ustozlarimizning muhtasham haykallari qad rostlagan, har bir qadamida ularning donishmand nigohi, beg‘ubor nafaslari sezilib turadigan bu mo‘tabar maskanga “Adiblar xiyoboni” deb nom berilganining o‘zi juda chuqur hayotiy, ilmiy-falsafiy asoslarga, ma’no-mazmunga ega.

Bugungi kunda adabiyotga, maʼnaviyatga berilayotgan eʼtibor tufayli adiblar xiyoboni chin maʼnoda maʼnaviyat maskaniga aylanmoqda. Ulugʻ allomalarni, shoirlarni eslash, yod etish tariximizga boʻlgan yuksak ehtiromni bildiradi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalari, professor-o‘qituvchilari xiyobonga tashrif buyurib, buyuk shoir ijodi, ibratli hayot yo‘li haqida fikr almashdilar.

Shuningdek, Navoiy asarlarini xorijiy tillarga, xususan, ingliz va rus tillarga tarjima qilish borasidagi mulohazalarini o‘rtoqlashdilar.

 

Adiblar xiyobonida Navoiyni yod etib…

14.06.2020

     “Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog’da barpo etilgan Adiblar xiyoboni bugungi kunda yanada tarovatli maskanga aylandi. Ushbu bog’ga o’zgacha ko’rk bag’ishlab turgan buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning muazzam yodgorligi adabiyotga, ma’naviyatga bo‘lgan yuksak ehtiromning nishonasidir”.

Ushbu xiyobonni adabiyot, maʼrifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan oliy oʻquv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish boʻyicha davlatimiz rahbari tomonidan tavsiyalar berilgan edi. Unga ko’ra  Hazrat Navoiyning monumenti aynan Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAUga biriktirildi. Bu esa, albatta, universitetimiz uchun yuksak e’tirof va sharaf hisoblanadi.

Allaqachon talabalar va ustozlarimiz ushbu dargohda mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar, mushoiralar tashkil etishni odat qilishgan. Xususan, kuni kecha ToshDO’TAU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda O’zbek filologiyasi fakultetining bir guruh talabalari hamda professor-o’qituvchilari ishtirokida Adiblar xiyobonida tashkil etilgan adabiy munozara so‘zimiz tasdig‘i bo‘la oladi. Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning o‘lmas merosi haqida ustoz va shogirdlarning qizg‘in suhbati, har ikki avlod vakillari uchun ham maroqli va foydali bo‘ldi.

Adabiyotshunos olim Abdulla Ulug’ov «Alisher Navoiyning hayoti va ijodi yoshlar uchun ma’naviy mayoq» mavzusida qiziqarli ma’lumotlarni talabalarga so‘zlab berdi, o‘z navbatida ijodkor talabalar ham buyuk Navoiyning o‘lmas satrlaridan namunalar o‘qishdi.

Adiblar xiyoboni, shaksiz, adabiyotga, tarix va madaniyatga befarq bo‘lmagan har bir kishi uchun eng sururbaxsh maskandir. Siz ham istalgan paytda bu qutlug‘ xiyobonga borib, shu kabi badiiy davralarda ishtirok etishingiz mumkin.

 

So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali Adiblar xiyobonining ustuni bo‘lib turibdi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi shoirning ijodiy faoliyatini yanada chuqurroq o‘rganadi.

06.06.2020

 

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI REKTORI SHUHRAT SIROJIDDINOV ADIBLAR XIYOBONI HAQIDA

 

22.05.2020

 

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.