“Universitet malikasi” aniqlandi
11.03.2021
2021-yil 10-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida talaba-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida tarbiyalash, ularda milliy an’analarimiz, urf-odatlarimizga sodiqlik ruhini shakllantirish, ularning intellektual aql-zakovati, iste’dodini to‘la namoyon etish, bilim olishga bo‘lgan qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan «Universitet malikasi» ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovni universitet rektori Filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinov kirish so’zi bilan ochib berdi. Tanlovning ushbu universitet bosqichida ishtirokchilar qizg’in munozara va raqobatga boy bo’lgan beshta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar. Murosasiz kechgan tanlov yakunida «Eng chaqqon qiz» nominatsiyasi bo’yicha O’zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi To’xtamurodova Nilufar, «Eng pazanda qiz» nominatsiyasi bo’yicha O’zbek filologiyasi fakulteti talabasi Xurramova Dilnavo, «Eng zukko qiz» nominatsiyasi bo’yicha O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti talabasi Hakimova Zebo, «Eng bilimdon qiz» nominatsiyasi bo’yicha O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti talabasi Nabiyeva Fotimalar g’olib deb topildi va «Universitet malikasi», ya’ni tanlovning mutlaq g’olibligini O’zbek tili fakulteti 202-guruh talabasi Ismanova Mavluda egalladi.
Maktablar bilan hamkorlik davom etmoqda
11.03.2021
2021-yil 11-mart kuni “Xorijiy tillar” kafedrasi professor oʻqituvchilari G.Niyazova, N.Yusupova, Sh.Sultonova, E.Kubiddinova va D.Urinbayevalar Zangiota tumani 28-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga tashrif buyurdilar. Mazkur maktab ToshDO‘TAUning hamkorlaridan biri bo‘lib, professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy-pedagogik, o‘quv-uslubiy jihatdan ko’mak berib boriladi.
G.Niyazova, N.Yusupova, Sh.Sultonovalar 11-sinf oʻquvchilari bilan “Uzbek and English holidays” mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtqazishdi. Oʻquvchilar guruhga ajratilgan holatda savollarga javob berish va «Venn diagrammasi» asosida oʻzbek va ingliz bayramlarini mustahkamladilar. Faol talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, rus tili oʻqituvchilari E. Kubedinova va D.Urinbayevalar 9-sinf oʻquvchilari bilan ham “Род имён существительных” mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtqazishdi. Bu darsda ham zamonaviy metodlardan foydalanilib, talabalar bilimi oshirildi. Dars davomida mavzu tushuntirildi, mashqlar bajarildi va interaktiv o‘yinlar oʻynaldi.
ToshDO‘TAU va maktablar o‘rtasidagi hamkorlik ishlari yangi bosqichga chiqmoqda.
09.03.2021
Ma’lumki, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va rivojlanishdan ortda qolayotgan bir qancha maktablar o‘rtasida ularga ijtimoiy yordam berish, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy sohada ularni qo‘llab-quvvatlash, bitiruvchi o‘quvchilarning OTMlarga o‘qishga kirishlarida ko‘mak berish borasida keng ko‘lamdagi hamkorlik ishlari olib borilmoqda, shu jumladan “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari: kafedra mudiri, dosent Aslanov Ilhom Nizomovich va kafedraning falsafa fani katta o‘qituvchisi Buranov Anvar Qoraboyevichlar tomonidan Zangiota tumani 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uchinchi-Renessans maktab partasidan boshlanadi” mavzusidagi mahorat darsi o‘tkazildi. Darsga bitiruvchi sinf o‘quvchilari va yetakchi maktab o‘qituvchilari jalb etildi.
Darsda Renessansning mazmun mohiyati, dunyoda va sharqda yuzaga kelgan uyg‘onish jarayonlari haqida ma’lumot berildi. Har hafta davomida kafedra tomonidan o‘tkazib kelinayotgan bunday uchrashuvlarning bu galgisida mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida yuksak darajada tashkil etilishi belgilangan beshta tashabbusning aynan to‘rtinchi tashabbusini o‘z ichiga olgan yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz o‘qituvchilari va ziyolilari oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar tushuntirilib, universitet bazasida mavjud bo‘lgan 3150 ta audio kitoblar jamlanmasi maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari foydalanishlari uchun taqdim etildi.
Nazm va navo
04.03.2021
“2021-yil 2-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi xonandalari ishtirokida “Nazm va navo” nomli maqom konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.”
2021-yil 2-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi xonandalari ishtirokida “Nazm va navo” nomli maqom konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsertda O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev, “Shuhrat” medali sohibi Bobur Kenjayevlar o’z repertuarlari bilan ishtirok etishdi. Konsert dasturi davomida maqom ustalari tomonidan Hazrat Alisher Navoiy hamda Boburning “Shitob aylab”, “Soqinomai savti kalon”,“Gulizorim”, “Ko’rmadim” kabi g‘azallariga bastalangan kuy va qo‘shiqlar mahorat bilan ijro etildi. Tadbir qatnashuvchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bahor keldi seni so‘roqlab
02.03.2021
“2021 -yil 1- martda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili fakulteti talabalari tomonidan Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.”
2021 -yil 1- martda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili fakulteti talabalari tomonidan Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni fakultet dekani v.b S.Muhamedova ochib berdi. U o‘z nutqida Zulfiyaxonimning ibratli hayoti, keng ijtimoiy faoliyati, betakror isteʼdodi, vatanga muhabbati haqida gapirib, shoiraning olijanob insoniy fazilatlari, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishdagi xizmatlarini ta’kidladi. Zulfiyaxonimning hayot yo‘li, g‘alaba va mag‘lubiyatlari, shoira ijodining naqadar betakrorligi talabalar tomonidan tayyorlangan she’riy chiqishlar, shoira she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar hamda badiiy sahna ko‘rinishlarida o‘z ifodasini topdi. Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim Isroilova tavallud kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir keng koʻlamda nishonlandi va chinakam adabiyot bayramiga aylanib ketdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Baxtim shul – o‘zbekning Zulfiyasiman
01.03.2021
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univerisiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetining 106-guruh talabalari tomonidan atoqli shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.”
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetining 106-guruh talabalari tomonidan atoqli shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan “Baxtim shul o‘zbekning Zulfiyasiman” mavzusidagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Talabalar tomonidan ijro etilgan bahoriy tuyg‘ularga boy kuy-qo‘shiqlar hamda she’rlar kechaga o‘zgacha ruh olib kirgan bo‘lsa, Zulfiyaxonim va Hamid Olimjonning hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi talabalar qalbidan chuqur joy egalladi.
Targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
24.02.2021
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Ichki ishlar bosh boshqarmasining Fuqarolik va migratsiyani rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, xotin-qizlar tazyiqi va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda gender tengligini ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb masalalarni talaba-yoshlar ongiga yetkazish maqsadida “Yoshlar o‘rtasidagi giyohvandlik, xotin-qizlar tazyiqi va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda gender tengligi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatiga Yakkasaroy tuman bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB VE va YoO‘XPTEG katta inspektori mayor D.R.Mirzaxonov va Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB 2-son IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor M.Abdurahmonovalar mehmon sifatida tashrif buyurishdi.
So’zga chiqqanlar qatnashuvchilarga giyohvandlikning kelib chiqishi, sog‘liqni saqlash tizimida giyohvandlik illatiga duchor bo‘lgan insonlar bilan ishlashga qaratilgan va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib, giyohvandlik, tamaki va alkogol moddalarining girdobiga tushib qolgan insonlarning nasliga, bosh miya va yurak qon-tomir faoliyatiga, ruhiyatiga, shu bilan birga ongi va tafakkuriga ham juda katta salbiy ta’sir o‘tkazishi haqida ko‘rgazmali targ‘ibot materiallaridan foydalangan holda tushunchalar berishdi.
Bobur – buyuk qalb sohibi
16.02.2021
“Tadbirda O‘zbek tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari, shuningdek, universitet xotin-qizlar kengashi raisi f.f.n G.Jo‘rayeva qatnashdilar.”
2021 -yil 16- fevralda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili fakultetining O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 103-guruh talabalari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbek tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari, shuningdek, universitet xotin-qizlar kengashi raisi f.f.n G.Jo‘rayeva qatnashdilar. Tadbirni fakultet dekani, f.f.d., professor Saodat Muhamedova ochib berdi. U o‘z nutqida Bobur shaxsining o‘zbek davlatchiligi, mumtoz adabiyoti, o‘zbek tili tarixida tutgan o‘rni haqida so‘zlab Boburning hayoti va ijodiga oid yangi va qiziqarli faktlarni bayon qildi. Talabalarning badiiy chiqishida Boburning hayot yo‘li, g‘alaba va mag‘lubiyatlari, ijodiga doir qiziqarli sahnalar namoyish etildi. Bobur g‘azallari, ruboiylari talabalar tomonidan o‘qilib, uning she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirdan talabalar katta taassurot olishdi. Tadbir ularda Boburdek vatanparvar va millatparvar, fidoyi inson bo‘lish istagini kuchaytirishga xizmat qildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Biz Boburning avlodlarimiz
16.02.2021
“Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda. ”
Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.
Kuni kecha O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti talabalari tomonidan buyuk sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalluding 538 yilligi munosabati bilan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirokida “Biz boburning avlodlarimiz” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarining raqs, kuy-qo‘shiqlari, Bobur hazratlarining g‘azal, ruboiylari va buyuk bobokalonimizga atalgan o‘zlarining she’rlari bilan ishtirok etishdi. Bundan tashqari tadbir qatnashuvchilari e’tiboriga havola etilgan “Bobur hayotidan lavha” deb nomlangan sahna ko‘rinishi kechaga o‘zgacha ko‘tarinki ruh olib kirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Vatan himoyasi – muqaddas burch!
14.01.2021
“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”
Bugungi kunda hayotning o‘zi Qurolli Kuchlarni boshqarish, rejalashtirish va qo‘llash tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan keng foydalanish, boshqaruvning informatsion vositalari va harbiy aloqa tizimlarini uyg‘unlashtirishni, Qurolli Kuchlarimiz axborot-kommunikasiyalarining raqamli yagona tarmog‘ini yaratishni taqozo etmoqda. Milliy armiyamizni bosqichma-bosqich va tizimli ravishda shakllantirishda, avvalo, O‘zbekistonning mintaqamizda va hozirgi dunyoda tutgan geostrategik va geosiyosiy o‘rnini, mamlakatimiz havfsizligiga qarshi qaratilgan jiddiy ichki va tashqi tahdid va xatarlarni, ayniqsa, kuchayib va faollashib borayotgan xalqaro terrorchilik, ekstremizm, toborа ko‘lami kengayib borayotgan narkoagressiya, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi kabi balo-qazolarni hisobga olgan holda ish tutdik. Armiyamiz jahon harbiy qurilishining eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ayni paytda milliy jangovar an’analarimizni yuksak sadoqat bilan davom ettirmoqda, shu bilan birga, mintaqamizda ro‘y berish ehtimoli mavjud bo‘lgan harbiy harakatlar va jangovar amaliyotlar ham har tomonlama e’tiborga olinmoqda.
Harbiy o‘quv yurtlarimizdagi ta’lim tizimi tubdan o‘zgarmoqda, ularda bo‘lg‘usi ofitserlarni tayyorlash va tarbiyalash hozirgi zamon talablariga to‘la mos keladigan, prinsipial jihatdan mutlaqo yangi bo‘lgan o‘quv-texnik va ma’naviy-ahloqiy asosda yo‘lga qo‘yilgan. Armiya saflariga, avvalombor, mustaqil va suveren O‘zbekistonimizga xizmat qilish, uning manfaatlari va sarhadlarini, xalqimizning tinch va osuda hayotini himoya etishga azmu qaror qilgan mard va fidoyi, intellektual jihatdan tarbiya topgan yetuk kadrlar keladi.
O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohatlar tufayli yurtimiz xavfsizligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilishga, aholimizning tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan har qanday g‘arazli urinishlarning oldini olishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamiz shakllantirildi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti tomonidan 2021-yilning 14-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbirida yuqoridagi fikrlar ta’kidlandi. Tadbirda universitet rahbariyati, mehmonlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Bayramni Yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha prorektor Abdulhay Sobirov tomonidan ochib berdi. Talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar, sanaga atalgan qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari professor-o‘qituvchilar va universitet mehmonlariga bayram kayfiyatini ulashdi.
Ta’lim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni” tadbirlarini o‘tkazishning mazmun-mohiyati shundan iboratki, o‘quvchilardan Respublikamiz Qurolli kuchlarining salohiyati va obro‘si, mamlakatimiz mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini keng yoritib berish, ularni o‘z vataniga sodiq va fidoiy insonlar etib tarbiyalash barcha ta’lim muassasalarining pedagogik jamoasining eng muhim vazifalaridan biriga aylangan. Bugungi kunda o‘quvchi yoshlarda vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimioy hamkorlik kabi milliy g‘oyalarning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, bu ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish an’anaga aylanib bormoqda. Yoshlarni harbiy xizmatga kuzatish marosimlarini tantanali o‘tkazish ham vatanparvarlik tizimiga kiradi. Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, bugungi kunda har bir yigit qizning orzusi va burchidir.
Mangu yangrayver, madhiyam!
10.12.2020
“1992-yil 10-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. ”
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga ham 28 yil to‘ldi.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat-ma’rifat markazi hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tadbir ayni shu muhim sanaga bag‘ishlandi.
“Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan”, – deya ta’kidladi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Mirzohid Botirov.
Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.
O‘zbekiston davlat madhiyasi yangraganda, “Serquyosh” so‘zi jaranglashi bilan butun vujudimizda ajib entikish, dilimizda cheksiz iftixor tuyg‘usini his etamiz. Chunki unda yurtimiz tarovati, buyuk kelajak barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan xalqimizning orzu-intilishlari, O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatida tobora yuksalib borayotgan obro‘-e’tibori, hech kimdan kam bo‘lmay, kelajakka qat’iy ishonch bilan intilayotgan yoshlarimizning azmu shijoati aks etgan.
Tadbirda davlat ramzlari, xususan, madhiyaning nechog‘lik muqaddas va ulug‘ ekani ta’kidlandi. Shundan so‘ng tadbir universitetning iqtidorli talabalari tomonidan sahnalashtirilgan chiroyli chiqishlarga ulandi.
Mustaqil yurt qomusi
07.12.2020
“O‘zbek filologiyasi fakulteti Til nazariyasi kafedrasi tomonidan “Mustaqil yurt qomusi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.”
Tadbirda xalqimizning inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligi, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquq qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilganligi, bu tarixiy hujjatning qabul qilinish tarixi va ahamiyati haqida batafsil to‘xtalindi. ToshDO‘TAU talabalar turar joyida boshlangan qizg‘in suhbat auditoriyada davom etdi.
Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori f.f.d., prof. A.Sobirovning “Konstitutsiya – milliy qadriyatlarimiz qomusi”, O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani f.f.d. B.Abdushukurovning “Ta’lim olish huquqi va kafolati”, Til nazariyasi kafedrasi mudiri f.f.d., prof. Z.Xolmanovaning “Konstitutsiya – milliy til taraqqiyotining huquqiy asosi”, Til nazariyasi kafedrasi dotsenti N.Chiniqulovning “Talaba yoshlarning huquq va burchlari”, Til nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Jumashevning “Konstitutsiya – millat taraqqiyotiyotining huquqiy kafolati”, Til nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Bozorovaning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda konstitutsiyaning o‘rni” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.
O‘zbek filologiyasi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Qurbonov, Til nazariyasi kafedrasi dotsenti, f.f.d. M.Qurbonova, Til nazariyasi kafedrasi o‘qituvchilari O.Nurullayeva, S.Abdurahmonova, Sh.Qulbulov, T.Bekmurodov, M.Do‘stmurodov ham mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
Tadbirda talabalarning konstitutsiya va soha bo‘yicha bilimlarini aniqlash maqsadida turli tanlovlar o‘tkazildi.Murosasiz bellashuvlar asosida “Eng bilimdon talaba”, “Innovatsion g‘oya sohibi”, “Eng faol jamoa”, “Eng yaxshi notiq”, “Eng ijodkor talaba”, “Eng hozirjavob talaba”, “Eng faol talaba” nominatsiyalari g‘oliblari aniqlandi. Nominatsiya g‘oliblari va tadbirda faol ihtirok etgan talabalar taqdirlandilar.
Yil rassomlari taqdirlandi
07.12.2020
“Iste’dodli talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning izlanishlariga keng yo‘l ochib berish universitetning eng muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.”
O‘quv yilining ilk kunlaridanoq talabalarning qiziqishlari, intilishlari o‘rganib chiqildi va ularni universitetning qizg‘in muhitiga, o‘quv jarayoniga yanada kengroq jalb etish maqsadida tanlovlar, tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday tanlovlardan biri “Yil rassomi”dir. Bu tanlovda O‘zbek filologiyasi fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirok etdi. Tanlov talabalarda o‘zgacha qiziqish uyg‘otish bilan bir qatorda ularni rag‘batlanishiga ham o‘z hissasini qo‘sha oldi. Bugun ushbu tanlov sovrindorlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
O‘ylaymizki, bu kabi o‘tkazilayotgan tanlovlar talabalar uchun ulkan imkoniyatlar eshigi bo‘la oladi. Zero, izlanuvchan, intiluvchan, bilimli talaba-yoshlar bizning faxrimizdir!
Parizoda Ro‘ziboyeva
O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi.
“Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif
07.12.2020
Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif
“ToshDO‘TAU O‘zbek tili fakultetining 102-guruh talabalari “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga sayohat qilishdi.”
Xalqimiz doim inson qadr-qimmatiga e’tibor bilan qaragan. Bizda, hatto, o‘tganlar xotirasi ham e’zozda. Bizdan oldin yashab o‘tgan ota-bobolarimiz, momolarimizning xotirasini yod etish bizning burchimiz. Lekin xalqimizda shunday gap bor: “Faqat ajdodlarining shon-u shuhrati, erishgan yutuqlari bilan g‘ururlanib, o‘zi esa hech narsa qilmaydigan, ularga munosib avlod bo‘lmaydigan xalq – o‘lik, ajdodlari esa tirikdir”. Shunday ekan biz buyuk bobokalonlarimizga munosib avlod bo‘lishimiz kerak. “Tarixsiz kelajak yo‘q”, deyishadi. Darhaqiqat, biz vatandoshlarimizning ijod yo‘li, hayot chiziqlarini o‘rgangan holda, kelajak sari olg‘a qadam tashlashimiz lozim. Muzeylar insonning ma’naviy dunyosini, ruhiy olamini boyitadigan, yanada go‘zallashtiradigan, buyuk tariximiz aks etgan boyligimizdir. Tarixni chuqur o‘rganmoqchi bo‘lgan inson muzeylarga tashrif buyursa, barcha izlagan savollariga javob topgan bo‘ladi, o‘z maqsadiga erishgan bo‘ladi.
Shu maqsadda, noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili fakulteti 102-guruh talabalari Y.Shirinova bilan birgalikda O‘zbekistonimizdagi eng chiroyli va ulug‘ qadamjolardan bo‘lmish “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurishdi. Bu yerda talabalar qatag‘on davrlaridagi, qatag‘on yillaridan keyingi yillar haqida ma’lumotlar, yurtimiz tarixiga oid bo‘lgan ko‘p yangiliklar bilan tanishishdi. Muzey ancha katta, did bilan bezatilgan, naqshinkor eshiklar, naqshinkor buyumlar – barchasi muzeyning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib yanada salobatliroq ko‘rsatar edi. Muzeyning bunday bezatilgani o‘zbek xalqining naqadar iste’dodli, naqadar san’atni sevuvchi xalq ekanidan darak beradi. Muzey ajoyib va tarixiy kitoblar, eksponatlar, ma’lumotlar bilan boyitilgan. Biz talabalar esa barcha ma’lumotlar bilan tanishdik, bilganlarimizni mustahkamladik, bilmaganlarimizni esa bilib oldik. Qatag‘on davrida o‘zbek xalqini qanchalar ayanchli ahvolga solishgani, o‘zbek xalqi qanchalar qiynalgani asosli ma’lumotlar bilan ko‘rsatilgan.
Muzeyda biz haqiqatdan ham o‘sha davrga tushib qolgandek his qildik o‘zimizni. Eng oxirgi uchinchi xonada esa O‘zbekistonimizning mustaqillikka erishish, ya’ni yorug‘ kunlarga kirib kelishi aks etgan, mustaqillikdan keyingi ulug‘ ishlar, qurilishlar, yangiliklarning barchasi o‘z ifodasini topgan edi.
Birinchi kurs talabari bu yerda o‘ziga kerakli bo‘lgan juda ko‘p ma’lumot va yangiliklarni bilib olishdi. Haqiqatdan ham, o‘z tarixini bilmagan millatning kelajagi yo‘q. Biz shunday buyuk yurtning farzandlari ekanmiz, albatta, o‘z tariximizni chuqur bilishimiz, o‘zimizdan keyingi yoshlarga ham qo‘limizdan kelgancha o‘rgatishimiz va yetkazishimiz lozim. Ma’naviy olamimizni yanada rivojlantirish, tariximizni yanada ko‘proq o‘rganishimiz uchun shu kabi bizning boyliklarimiz hisoblangan muzeylarimizga ko‘proq tashrif buyurishimiz kerak. Biz keyingi safar ham bu muzeyga kelib ma’lumotlarimizni yanada oshirishga, olgan bilimlarimizni mustahkamlashga ahd qildik. Tariximizni chuqur o‘rganib, yetuk mutaxassis bo‘lishga bel bog‘ladik.
O‘zbek tili fakulteti 102-guruh talabasi
Isanova Sarvinoz Abdikarimovna
Konstitutsiya – baxtimiz poydevori
07.12.2020
“O‘zbek tili fakulteti tomonidan shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.”
2020-yil 7-dekabr kuni Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbek tili fakulteti va Milliy tiklanish demokratik partiyasi Yakkasaroy tuman kengashi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlangan
“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori prof. A. Sobirov Kirish so‘zi bilan ochib berdi. U fakultet talabalarini bayram bilan qutlab, Konstitutsiyaning ahamiyati, bergan imkoniyatlari haqida gapirdi va tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi. So‘ngra fakultet talabalarining badiiy chiqishi namoyish qilindi. Talabalar o‘z chiqishida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yaratilish tarixi, tuzilishi, muhim moddalari haqida qiziqarli taqdimotlar qilishdi. Sahna ko‘rinishlari orqali fuqarolarning huquq va burchlari, imkoniyatlarini ochib berishdi. Raqs, she’rlar va qo‘shiqlar orqali o‘z iste’dodlarini namoyon qilishdi..
Tadbirning keyingi qismida Milliy tiklanish demokratik partiyasi Yakkasaroy tuman kengashi vakillari ham so‘zga chiqib, universitet va partiyaning hamkorlikda amalga oshirayotgan xayrli ishlar to‘g‘risida gapirdilar. Partiya vakillari tadbirda faol qatnashgan talabalarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirlashdi.
Тadbir охirida O‘zbek tili fakulteti talabalariga talabalik guvohnomalarini tantanali ravishda topshirish marosimi o‘tkazildi. Fakultetning mazkur birinchi maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri barchada yaxshi taassurot qoldirdi.
Konstitutsiya – huquq va erkinlarimiz kafolati
07.12.2020
“ Navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir O‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan o‘tkazildi.”
Konstitutsiya – bosh qomusimiz, huquq va erkinligimiz kafolatidir. Undagi har bir modda avvalo inson, xalq, jamiyatning manfaati uchun xizmat qiladi. Xalq va jamiyatning yuksalishida, avvalo, uning qonun bilan belgilangan me’yoriy hujjati bolishi bu juda ahamiyatlidir.
Bugun bizning himoyachimiz, bosh qomusimiz qabul qilinganiga 28 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni filologiya fanlari doktori, professor Abdulhay Sobirov o‘zining mazmunli nutqi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, talabalar tomonidan tayyorlangan bayram dasturini namoyish etdilar. Tadbir dasturidan joy olgan sahna ko‘rinishlari, bir-biridan mazmunli she’r va kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarga o‘zgacha zavq ulashdi.
Qizlar bilan psixologik suhbatlar
30.11.2020
“Hozirda universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.”
Yoshlarni, ayniqsa qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida turli davra suhbatlari, psixologik mavzularda muloqotlar tashkil etilmoqda. Ularning navbatdagisi Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tomonidan tashkil etildi. Xotin-qizlar kengash a’zosi Yusupova Nargiza Nigmatovna tashabbusi bilan o‘tkazilgan onlayn suhbat qizlarga juda ma’qul bo’ldi. Unda psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Tuychiyeva Saodat Melikuziyevna tomonidan kerakli maslahatlar berildi.
“O‘tkan kunlar” tarjimoni bilan suhbat
18.11.2020
“ “Do‘stlik” ordeni sohibi Mark Riz haqida juda ko‘pchilik eshitgani aniq. Uning o‘zbek tilida qiyinchiliksiz so‘zlay olishi doimo juda ko‘pchilikni hayron qoldirib kelgan.”
Bugun, 18-noyabr kuni universitetimizda “What is literary translation?” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi. Unda amerikalik olim, “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga o‘g‘irgan mohir tarjimon, badiiy tarjima bo‘yicha mutaxassis, «Do’stlik» ordeni soxibi Mark Riz ishtirok etdi.
Uzoq va juda qiziqarli bo‘lib o‘tgan vebinar Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda fakultet talabalari uchun foydali bo‘ldi.
Muloqot so‘ngida hamkorlikning keyingi bosqichlari, xususan, kadrlar malakasini oshirish haqidagi aniq takliflar muhokama qilindi.
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni o‘zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga , shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlashni maqsad qilgan. Ayni shu maqsad tomon harakatlanishda bu kabi vebinarlar va mahorat darslarining ahamiyati katta.
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim”
20.10.2020
Joriy yilning 20-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida onlayn bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Abdulhay Sobirov ochib berdi. Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan videorolik va tabriklar namoyish etildi.
Alisher Navoiy nomidagi
ToshDO‘TAU Matbuot xizmati
Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor!
12.10.2020
Bugun xotin-qizlarning siyosiy-ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish hamda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchrashlarining oldini olish maqsadida universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi G.Jo‘rayeva boshchiligida “Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim omili” mavzusida onlayn tadbir tashkil etildi.
Tadbirda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya va moslashtirish Toshkent shahar markazi direktori, yuridik fanlari doktori, professor, “Marifat targ‘ibotchilari” jamiyati a’zosi Gulchehra Matkarimova ishtirok etib, xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni, zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari, bu jarayonlarda ayollarning hatti-harakatlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
“11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni” munosib nishonlandi
09.10.2020
2020-yil 9-oktabr kuni “11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi G.Jo‘rayeva va Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash a’zosi N.Yusupovalar boshchiligida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti qizlari o‘rtasida onlayn tarzda ma’naviy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida bu kunga 2012-yil 1-oktabrda BMT Bosh assambleyasida asos solinganligi, ushbu kun qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga butun dunyoning e’tiborini qaratish maqsadida nishonlanishi aytib o‘tildi.
Tadbir davomida bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Jumladan;
“Eng iqtidorli rassom” nominatsiyasi bo‘yicha Mo‘minova Muzammil;
“Eng ko‘p o‘qigan kitobxon” nominatsiyasi bo‘yicha Ergasheva Zilola;
“Eng iqtidorli dizayner” nominatsiyasi bo‘yicha Yusupova Shaxzodalar g‘olib deb topildi va ularga qimmatbaho sovrinlar topshirildi.
Ayollar va o‘sib kelayotgan yosh avlod sog‘ligini mustahkamlashga doir targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
15.09.2020
Joriy yilning 19-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi G.Jo‘rayeva, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash a’zosi N.Yusupova, O‘zbek tili va adabitotini o‘qitish fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash a’zosi G.Safarova, oliy toifali shifokor
M. Muhamedova, universitet professor-o‘qituvchilari va universitetning barcha talaba qizlari ishtirokida talaba qizlarning sog’ligini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyat darajasini oshirish hamda uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini shuningdek, Vazirlar Mahkamasininig 2002-yil 25-yanvardagi “Ayollar va o‘sib kelayotgan yosh avlod sog‘ligini mustahkamlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
32-sonli qaror bilan tanishtirish maqsadida ZOOM platformasida davra suhbati o‘tkazildi.
Oliy toifali shifokor M.Muhamedova talaba qizlar orasida oilalarni sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning salbiy oqibatlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, zararli odatlar- gigiyena qoidalarini buzish va salomatlikka ziyon keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni oldini olish bo‘yicha maslahatlarini berib o‘tdi. O‘smirlar ruhiy salomatligi va qizlarda kuzatiladigan o‘zgarishlar sabablari va oqibatlari to‘g‘risida gapirdi.
Talaba qizlarimizning bu masalada bergan savollariga to‘liq javob berib, doimo gigiyena talablariga rioya qilib, sog‘lom turmush tarzida yashash barchamizning kundalik vafifamiz ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Davra suhbati qiziqarli davom etib, talaba qizlarimiz o‘zlari uchun kerakli barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Korrupsiyasiz ta’lim: muammo va takliflar o‘rganildi
29.07.2020
“Ta’limni korrupsiyasiz sohaga aylantirish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi onlayn targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda 80 dan ziyod professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn-uchrashuvni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.v.b. A.Sobirov olib bordi. Onlayn uchrashuvda Yakkasaroy tumani bo‘yicha ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tezkor vakili A.Atoyev mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Ma’ruzachi korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmonining mazmun-mohiyatini yoritib berdi. Shuningdek Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoni va PQ-4761-son qarori asosida tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Onlayn-uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniq javoblar olishdi. Shuningdek, korrupsiyasiz ta’lim tizimini yaratish borasida o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berdilar.
“Mening universitetim 4 yoshda” nomli onlayn ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari aniqlandi
13.05.2020
2020-yilning 13-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilganligining 4 yilligi munosabati bilan ZOOM platformasi orqali “Mening universitetim 4 yoshda” nomli onlayn ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi.
ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan ko‘rik-tanlovlarda universitetning 789 nafar talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi. Ko‘rik-tanlov 4 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazilib, talaba-yoshlar har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslarga kirishishdi.
“MENING UNIVERSITETIM 4 YOSHDA !” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN ENG
YAXSHI RASMLAR TANLOVI
Ko‘rik-tanlov keskin va kurashlarga boy tarzda tashkil etildi va quyidagi talabalar g‘olib deb topildi hamda faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Tabriklar tanlovi g‘oliblari
T/r | F.I.SH. | Fakulteti |
1. | Xudoyberdiyeva B. | O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
206-guruh talabasi |
2. | Sherimbetova Matluba | O‘zbek tili fakulteti 1-kurs talabasi |
3. | Avalboyeva Kamolaxon | Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti
2-kurs talabasi |
She’rlar tanlovi g‘oliblari
1. | Javohir Jamolov | Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti
107-guruh talabasi |
2. | Xayrullo Tog‘ayev | O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
206-guruh talabasi |
3. | Samad Qanatov | O‘zbek tili fakulteti 203-«A» guruh talabasi |
Rasmlar tanlovi g‘oliblari
Eng yaxshi qalamda chizilgan | ||
1. | Alijon Erhonboyev | O‘zbek tili fakulteti 104-A guruh talabasi |
Eng yaxshi rakurs | ||
2. | Mo‘minjonova Muzzammil | Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti
104-guruh talabasi |
Eng yaxshi rang tasvir | ||
3. | Shukurova Dinara | O‘zbek filologiyasi fakulteti
102 – guruh talabasi |
Esselar tanlovi g‘oliblari
1. | Ikromova Rayhon | O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti,
105-guruh talabasi |
2. | Allaqulova Sadoqat | Sirtqi bo‘lim O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 201-guruh talabasi |
3. | Umurzakova Sevara | O‘zbek tili fakulteti 1-kurs 102-“A” guruh talabasi |
“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA TALABALAR O‘RTASIDA “ENG YAXSHI MAQOLA” NOMINATSIYASIDA TANLOV O‘TKAZILDI
07.05.2020
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-yanvardagi (01-07/1-88-son-28.01.2020 y.) yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan Dasturning 31-bandida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 143-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi tanlovning universitet bosqichi onlayn tarzda ZOOM platformasi orqali tashkil etildi.
Universitet talabalari o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi tanlovning Respublika tanlovini maqsadga muvofiq tashkil etishda universitetning barcha iqtidorli talabalari jalb etildi. Tanlovning universitet bosqichi onlayn tarzda ZOOM platformasi orqali yuqori saviyada tashkil etildi.“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi Respublika tanlovining universitet bosqichini namunali o‘tkazish maqsadida fakultetlar professor-o‘qituvchilaridan Ishchi guruh a’zolari tanlandi. Ishchi guruh raisi o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor S.Normamatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi B.Mallabayev, universitet murabbiylar kengashi raisi Y.Eshmatov, O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani B.Abdushukurov, O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti dekani L.Raupova, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti A.Sayfullayevlar ushbu tanlovning universitet bosqichini onlayn tarzda ZOOM platformasi orqali holisona baholab o‘tkazdilar.
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi Respublika tanlovining universitet bosqichida O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 2-kurs talabasi Xurramova Mahliyo g‘olib deb topildi.
“Kitobxon talaba” tanlovining universitet bosqichi g‘olibi aniqlandi
17.04.2020
2020-yilning 17-aprel kuni soat 14:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019-yil 7-noyabrdagi 25445-xh-sonli topshiriq xati asosida 2019-2020 o‘quv yilida Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “Ma’rifat-li yoshlar-yurt ko‘zgusi” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha namunaviy “Yo‘l xaritasi”ning 24-bandida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 13-martdagi 197-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Kitobxon talaba” tanlovining universitet bosqichi ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazildi.
Onlayn tanlovda universitetning 489 nafar talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. “Kitobxon talaba” Respublika tanlovining universitet bosqichini namunali o‘tkazish maqsadida fakultet professor-o‘qituvchilaridan Ishchi guruh a’zolari tanlandi. Ishchi guruh raisi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.v.b. A.Sobirov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi B.Mallabayev, universitet murabbiylar kengashi raisi Y.Eshmatov, O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani B.Abdushukurov, O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti dekani L.Raupova, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti A.Sayfullayev, universitet huquqshunosi T.Tojibayev ushbu tanlovni universitet bosqichini ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda holisona baholab o‘tkazdilar.
“Kitobxon talaba” Respublika tanlovining universitet bosqichida O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 1-kurs talabasi Yusupov Samandar g‘olib deb topildi.
Shoir Iqbol Mirzo ishtirokida onlayn suhbat o‘tkazildi
05.04.2020
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti «Chashma» to’garagining navbatdagi she’riyat kechasi Zoom dasturi orqali amalga oshirildi. Kecha mehmoni O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bo’ldi.
Usbu davra suhbati universitet Xotin qizlar qo’mitasi raisi tomonidan tashkillashtirildi. She’riyat kechasida ellikdan ortiq professor-o’qituvchilar va talabalar qatnashdilar. Ishtirokchilar tomonidan Iqbol Mirzoning she’rlaridan namunalar o’qildi hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Zoom dasturi orqali bo’lib o’tgan ushbu noodatiy kecha barchaga birdek manzur bo’ldi. Qatnashchilar fursatdan foydalanib ToshDO’TAU jamoasi nomidan shoirni samimiy mubarakbod etishdi.
“Muqaddassan ayol”
09.03.2020
“ToshDO‘TAU O‘zbek filologiyasi fakultetida 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan “Muqaddassan ayol” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushu kechada O‘zbek filologiyasi fakultetining iqtidorli talabalari hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etdi.
Shuningdek, fakultetda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtiroki uchun iqtidorli talaba qizlar hamda o‘qituvchi ayollar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Sen mo‘jizasan ayol!
07.03.2020
“Ayol! Bu so’z zamirida olam-olam ma’no mujassam. Qancha ta’riflasang, ozdek go’yo. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti talabalari tomonidan «Sen mo’jizasan ayol» mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kecha 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni»ga bag’ishlandi. Tadbirda ayollarning oiladagi va jamiyatdagi o’rniga baho berildi. Shuningdek, fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan onalarimizni madh etuvchi qo’shiqlar, she’rlar tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.
Bahor keldi seni so‘roqlab
02.03.2020
“O‘lkamizda har yili bahor faslining ilk kunlaridan sadoqat va vafo kuychisi bo‘lgan Zulfiyaxonim tavvalludini keng nishonlash an’anaga aylangan.Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ham O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti talaba-yoshlari tomonidan ana shunday tadbir munosib nishonlandi”.
Tadbirda talabalar tomonidan Zulfiyaxonim she’rlaridan namunalar aytildi. Shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Ikki chashma” nomli sahna ko‘rinishi esa tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Zulfiyaxonimning adabiy merosi bizga bir umrlik ma’naviy xazinadir. Zero, shoiraning hayoti va ijodini o‘rganish yuksak ma’naviyatni shakllantirishning muhim omilidir.
“She‘riyat va musiqa” kechasi
28.02.2020
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida “She‘riyat va musiqa” nomli badiiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.”
Kechada universitetimizning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi. Fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-u qo‘shiqlar, she’r va g‘azallar tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi. Ushbu kecha o‘z nomiga muvofiq chinakam she’riyat va musiqa kechasiga aylandi.
Bir asrning ikki buyuk darg‘asi
15.02.2020
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 537 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir uyushtirildi”.
Kechaga O‘zbek milliy akademik drama teatrining yetakchi aktrisalaridan biri Shohidaxonim Ismoilova ham tashrif buyurdi. Aktrisa o‘z faoliyati davomida Alisher Navoiy va Bobur siymolari gavdalantirilgan spektakllarda ijro etgan rollari haqida gapirib o‘tdi va ToshDO‘TAU jamoasi hamda talabalarini ikki ulug‘ zotning tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy qutladi.
O‘zbek tili fakulteti talabalari tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Ajdodlar nomi mangu barhayot!
14.02.2020
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetida Navoiy tavalludining 579 yilligi, shuningdek, turkiy adabiyotning yana bir mashhur vakillaridan biri, kuchli siyosati bilan dunyoga dong‘I ketgan Zahiriddin Muhammad Boburning 537 yilligi keng nishonlandi”.
Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalari va Milliy gvardiyaning tinglovchi kursantlari ishtirok etdi.
Adabiy kechada har ikki buyuk zotlar sharafiga ularning umrboqiy va vatanpararlik hissi ufurib turgan ijodidan g‘azal-u ruboiylar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Alisher Navoiy – tilimizda va kuylarimizda!
13.02.2020
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan Alisher Navoiyning 579 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” turkumidan professor Samixon Ashirboyev boshchiligida «Alisher Navoiy – tilimizda va kuylarimizda» nomli ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi”.
Tadbir davomida Navoiy qalamiga mansub bir qator g’azal va muhammaslar tahlil qilindi. Shuningdek, filologiya fanlari nomzodi, dotsent G.Ashurova, professor S.Ashirboyev hamda musiqashunos U.Yo’ldoshev tomonidan ijro etilgan kuylar bayram dasturiga o’zgacha kayfiyat baxsh etdi. «Alisher Navoiy – tilimizda va kuylarimizda» deb nomlangan ushbu tadbir chinakam musiqa kechasiga aylandi va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Millatlararo totuvlik – tinchlik va barqarorlik omili
08.01.2020
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yoshlar orasida millatlararo totuvlik va bag`rikenglikni targ`ib etuvchi adabiy-ma`rifiy kecha bo`lib o`tdi. Tadbirda universitet professor-o`qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar”.
Mamlakatimizda millatlararo totuvlik g`oyasini hayotga tatbiq etish va yoshlarni baynalmilal ruhda tarbiyalash uchun aholi orasida olib borilayotgan targ`ibot va tashviqot ishlari samaradorligini oshirish lozim. Zero, millatlararo totuvlikni mustahkamlash mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning garovidir.
Talabalar uchun foydali davra suhbati
08.01.2020
“Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bino 308-xonasida «O’zbek tili va adabiyotini o’qitish » va «Ingliz-o’zbek tarjimasi» fakulteti talabalari uchun 1-dekabr «Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi shifokori Dilobar Ahmadovna, Toshkent shahar salomatlik instituti mutaxassisi Madina Kabilovnalar ishtirok etishdi.
Tadbirda OITS kasalligi, uning vujudga kelish sabablari, oldini olish choralari haqida ma’lumotlar berildi.
Hamid Olimjon tavalludining 100 yilligi nishonlandi
11.12.2019
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Talabalar uyushmasi tashabbusi bilan Toshkent viloyatidagi 24- umumiy o’rta ta’lim maktabida o’zbek elining ardoqli adibi Hamid Olimjon tavalludining 110 yilligi munosabati bilan ma’naviy tadbir uyushtirildi”.
Tadbirda maktab o‘quvchilari va ToshDO‘TAU Talabalar uyushmasi ko’ngillilari birgalikda yoshlarnima’naviy yuksaltirish va bo’sh vaqtini mazmunli o’tlazish uchun belgilab berilgan to‘rtinchi tashabbus doirasida o’z chiqishlarini namoyish etdilar. Tadbirda yoshlar o‘quvchilar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish bo‘yicha universitet talabalarining tavsiyalari ham tinglandi. Bayram dasturi so’ngida iqtidorli va faol o‘quvchilarga talabalar tomonidan sovg’alar ulashildi.
Konstitutsiya yoshlar taqdirida
07.12.2019
“Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi keng tantana qilinmoqda. Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalari tomonidan bayram tadbiri o‘tkazildi”.
Tadbirda yoshlar hayotida konstitutsiyaning ahamiyati, qonun ustuvor bo‘lgan davlat taraqqiyoti kafolatlanishi qayd etildi. Talabalar ijrosidagi badiiy kompozitsiyada O‘zbekistonning bag‘rikengligi, konstitutsiyaviy huquq va burchlarimiz haqida sahna ko‘rinishlar, she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.
Fakultet va universitet ijtimoiy hayotida faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh talabalar taqdirlandi.
Talabalarning yangicha “Viqor”i
23.11.2019
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti talabalari tashabbusi bilan badiiy-ijodiy jamoalarni shakllantirildi. Jamoaga fakultet dekani muovini Jamshid Norquziyev maslahatchi sifatida kiritildi”.
Darhaqiqat, viqorli yoshlarimizning ezgu ishlaridan biz behad baxtiyormiz va ularga omad tilab qolamiz.
Mangu hilpira, o‘zbek bayrog‘i
19.11.2019
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. ”
Tadbir milliy g‘urur va iftixorimiz ramzi sanalgan muqaddas bayrog‘imiz timsolida barcha vatandoshlarimizni qutlash maqsadida «Mangu hilpira, o‘zbek bayrog‘i» shiori ostida o‘tkazildi. Tadbirda davlat bayrog‘i haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, o‘ziga xos faktlar tomoshabinlarga taqdim etildi. Talabalar tomonidan ijro etilgan she’r-u qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlarda O‘zbekiston xalqining matonati, insonparvarligi madh etildi.
O‘zbek tilim – o‘z tilim
21.10.2019
“O‘zbek tilida davlat tili maqomi berilganligiga joriy yilda 30 yil to‘ldi. Ushbu qutlug‘ sana butun mamlakatimiz katta tantanalar bilan nishonlandi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida mazkur sana munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi”.
O‘zbek tili bayrami Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bag‘oyatda katta shodiyona bilan nishonlanmoqda, har bir fakultet, kafedralarda mazkur bayram katta xursandchilik bilan tantana qilinmoqda. Bayram dasturlarida ona tilimiz jozibasini o‘zida mujassam etgan she’riy kompozitsiyalar, sahna ko‘rinishlari, dilbar kuy-u qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘lmoqda. Ona tilimizning bu kabi e’zozlanishi xalqimizning qadriyatlarga sadoqati, milliyligimizga cheksiz hurmati ifodasidir.
Ardog‘imizdasiz, aziz ustozlar
01.10.2019
“Ustoz – aziz, ustoz – mo‘tabar. Bu ulug‘ zot qarshisida hamisha ta’zimdamiz. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan mehribon ustozlarimizning kasb bayramlariga adabiy-badiiy bayram guldastasi taqdim etildi”.
Ustoz madhiga bitilgan go‘zal she’r-u qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari otamizdek ulug‘ murabbiylarimizga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.