Kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy hayoti

Navoiy va Bobur – ma’naviyatimiz quyoshi

13.02.2021

“ 9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 580, Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligiga bagishlangan “ Navoiy va Bobur-ma‘naviyatimiz quyoshi” mavzusi adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.”

        Alisher  Navoiy  nomidagi  Toshkent  davlat  o‘zbek  tili va  adabiyoti   universitetining  o‘zbek  tili  kafedrasi  bilan  Toshkent  shahridagi  Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek  tumanlari  xalq  ta’limi  bolimlari  va  mazkur  tumanlardagi  o‘zbek  tili  o‘qituvchilari   bilan  ijodiy  hamkorlik  qilish  vazifa  qilib  topshirilgan  edi.Ushbu  hamkorlik izchil  davom  etmoqda.  9-fevral kuni  Alisher  Navoiy  tavalludining  580, Zahiriddin  Muhammad  Boburning  538 yilligiga  bagishlangan  “ Navoiy  va  Bobur-ma‘naviyatimiz  quyoshi” mavzusi  adabiy-badiiy  tadbir  bo‘lib  o‘tdi. Tadbir  Yashnobod  tumanining 226-maktabida  tashkil  qilindi.   Tadbirda  qatnashgan  mehmonlar  qatorida  o‘zbek  tili  kafedrasining  oqituvchilari  Davronov  Azimjon  va  Shodmonova  Muniralar  faol  qatnashdilar. Adabiy-badiiy  kechada  kafedramiz  o‘qituvchisi  Davronov  Azimjon  Alisher Navoiy  va  Bobur  hayoti  va  ijodi   bilan  bog‘liq  muhim  ma’lumotlarni  tadbir  qatnashchilariga  gapirib  berdilar. Yashnobod  tumani  ona  tili  va  adabiyot, o‘zbek  tili  fani o‘qituvchilari  uslubchisi  Hazratova  Kimyoxon  boshchiligida  o‘qituvchilar  va  o‘quvchilar  tomonidan  tayyorlangan  sahna  ko‘rinishlari   namoyish  etilib, ajdodlarimiz  ruhini, avlodlarimiz  ko‘nglini  shod  etdilar.

 

Navoiy bilimdonlari

08.02.2021

“Universitetimizda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlardan hech kim chetda qolmayapti. ”

 

          Аlisher Navoiyning adabiy-ilmiy merosini keng targ‘ib etish uning asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g‘oyalarning jahon tamaddunida tutgan o‘rnini hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni qaror toptirish maqsadida  2021-yil 5-fevral kuni Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 1- talabalar turar joyida, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchilari tomonidan o’tkazilgan Mir Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy bilimdonlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir.

 

ToshDO‘TAU qoshidagi akademik litsey bilan hamkorlik davom etmoqda

06.02.2021

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 1-apreldagi 206-sonli buyrugʻi va chora-tadbirlar rejasida belgilangan ijrosini taʼminlash maqsadida ”

         Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 1-apreldagi 206-sonli buyrugʻi va chora-tadbirlar rejasida belgilangan ijrosini taʼminlash maqsadida ToshDOʻTAU  “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi hamda universitet qoshidagi akademik litsey oʻrtasida 2020-2021 oʻquv yiliga moʻljallangan xamkorlik ish rejasi tuzilib, universitet rektori tomonidan tasdiqlandi. Mazkur hamkorlik rejasiga muvofiq, kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan akademik litsey oʻqituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Xususan, 2021-yil 12-yanvar kuni akademik litsey oʻqituvchilari dastlabki mahorat darsida ishtirok etish uchun ToshDOʻTAUda boʻlishdi. “The enhancement of reading competence using academic skills” mashgʻulotni Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi oʻqituvchisi A.Bumatova olib bordi. Mahorat darsi soʻnggida akademik litsey oʻqituvchilari mavzu doirasida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

       Shuningdek, joriy yilning 3 fevral kuni akademik litsey oʻqituvchilari uchun Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi Sh.Mustanova rahbarligida “Xorijiy tillarni masofaviy masofaviy oʻqitishda ochiq onlayn resurslardan foydalanish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.  Mahorat darsida xorijiy tillarini oʻqitishda talabalarning modullarni oʻzlashtirganligi, nazorat ishlarini bajarganligi yuzasidan olib borilgan monitoring natijalari asosida tahliliy xulosalar tayyorlanishi nazarda tutilishi, bunda sifatli oʻquv natijalariga erishish mezonlari sifatida oʻqish vaqti, talabalarning oʻzlashtirishi, qayta aloqa sifatini talab darajada taʼminlash maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.

 

OTM-maktab: Maqsadimiz ta’lim sifatini oshirish

02.02.2021

       “Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Baholashning ta’lim sifatiga ta’siri” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.” 

    2021-yil 29-yanvar kuni “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Abror Murtazayev hamda Shohruh Abdiraimovlar Zangiota tumanidagi

    3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilariga zamonaviy ta’limning maqsadlari asosida seminar-trening va uchrashuv darsi tashkil etishdi.

     Universitetimiz o‘qituvchilari tomonidan maktab o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. Unda Sh. Abdiraimov “Baholashning ta’lim sifatiga ta’siri” mavzusida taqdimot qildi. Chiqishi davomida o‘qituvchilarga “ta’lim uchburchagi”, baholashning maqsadi, vazifalari, baholashni loyihalashtirish, summativ hamda formativ baholash va ularga qo‘yiladigan talablar hamda baholashning ta’lim sifatiga ta’siri haqida ma’lumotlar berdi. Mavzu yuzasidan o‘qituvchilar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Seminar-trening turli xil savol-javoblar va bahs-munozaralarga boy o‘tdi.

   Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilarining ta’limga va bunyodkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini orttirish maqsadida “Shaxsiy rivojlanish asoslari” mavzusida suhbat tashkil qilindi. Motivatsion muloqotda o‘quvchilarga shaxsiy rivojlanish bosqichlari, tarixda va zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatga erishgan insonlar hayoti, ularning yutuqlari sirlari haqida ma’lumot berildi, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

 

 

Litseyda mahorat darsi

28.01.2021

“ToshDO‘TAU dotsenti Sh.Amonov universitet qoshidagi akademik litseyda mahorat darsi o‘tkazdi.”

 

      Oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim uzviyligini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi universitet qoshidagi akademik litsey bilan keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Kafedra professor-o‘qituvchilari akademik litseyda har oyda ikki marotaba  mahorat darslari va seminar-trening o‘tkazib kelmoqda.  Jumladan, 2021-yilning 26-yanvar kuni O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi dotsenti Shermuhammad Amonov litsey “Ona tili va adabiyot” fani o‘qituvchilari uchun “Mumtoz adabiy manbalarning o‘rganilish masalalari” mavzusida mahorat darsini tashkil etdi. 


         Dars davomida mumtoz asarlar matni bilan ishlash, she’riy asarlarni tahlil qilish usullari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, litseyning rivojlanish istiqbollariga muvofiq darsliklar mazmunini boyitish yo‘lida hamkorlik olib borish, tajriba almashinuvini  ta’minlash,  litsey o‘quvchilarini oliy ta’limga tayyorlash jarayonlari borasidagi masalalar muhokama qilindi, fikrlar almashildi va takliflar bildirildi.

 

 

OTM-maktab: filolog-o‘qituvchilar 3-maktabda

26.01.2021

“Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil qilingan mahorat darsi tashkil etildi.”

 

           2021-yil 20-yanvar kuni “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Tursunoy Yusupova hamda katta o‘qituvchi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Klaraxon Mavlonovalar Zangiota tumanidagi 3- umumiy o‘rta ta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilariga mahorat darsi o‘tishdi. Universitetimiz o‘qituvchilari tomonidan o‘tilgan mahorat darslari aynan o‘tilayotgan darslar asosida tashkil qilindi. T.Yusupova 8- “A” sinfda “Yig‘iq va yoyiq gaplar”, K.Mavlonova 11- “B” sinfda “Talaffuz va ohang” mavzularini o‘tishdi. Dars bugungi kun talablari asosida tashkil qilindi.

          Shuningdek, maktab o‘qituvchilari tomonidan yozilgan diktant tahlil qilib berildi. Savodxonlik masalasi barcha fan o‘qituvchilariga tegishli ekanligi ta’kidlanib, yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish usullari haqida tushuncha berildi.
T.Yusupova o‘z ma’ruzasida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’limni tashkil etish, interaktiv metodlardan foydalanish, innovatsiya, novatsiya masalalariga to‘xtaldi.
         K.Mavlonova o‘qituvchilarga loyiha sifatida taqdim etilgan Milliy o‘quv dasturining yaratilishi, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, ona tili ta’limidagi o‘zgarish va yondashuvlar, o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga tayyorlashda qo‘llanadigan metodlar haqida taqdimot qildi. Ma’lumki, til ta’limini yangilash maqsadida ta’lim oluvchilarning mustaqil ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ustuvorlik kasb etgan majburiy hamda variativ komponentlar uyg‘unligini nazarda tutuvchi o‘quv dasturini ishlab chiqish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi hamda Ona tili fani boʻyicha Milliy oʻquv dasturi  loyihasi ishlab chiqilib jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. K.Mavlonova dastur mohiyati yuzasidan o‘qituvchilarning fikrlari tinglandi.  Mahorat darsi turli xil savol-javoblar va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan ona tili va adabiyot o‘qituvchilariga metodik qo‘llanmalar taqdim etildi.

 

 

Zangiotada mahorat darsi

23.01.2021

 

 

“Universitetning Zangiota tumanidagi maktablar bilan hamkorligi davom etadi.” 

      2021-yil 22-yanvarda “Xorijiy tillar” kafedrasi professor o‘qituvchilari X.Mirzayeva, S.Ibragimova, M.Kurbanova , M.Rasulova, I.Abdunazarovalar ishtirokida Zangiota tumani 28-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda mahorat darslari tashkil etildi. Shuningdek, S.Ibragimova , M.Rasulova, I.Abdunazarovalar tomonidan 8-9-11 sinflarda reyting baholash testlari o‘tkazildi.
     “Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchilari X.Mirzayeva, M.Kurbanova va S.Ibragimovalar maktab faollar zalida fan o‘quvchilari va bitiruvchi o‘quvchilarga  maktab bilan hamkorlikni keng davom ettirish  yuzasidan  suhbat ham olib borishdi. Tadbir barcha qatnashuvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

 

 

 

 

 

 

O‘quvchilar o‘rtasida o‘zbek tili bilimdonlari saralandi

 

13.01.2020

“Universitet va umumta’lim maktablari hamkorligi davom etmoqda.”

    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘rta umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyoti, o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili fanlarini samarali o‘qitish, o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish, fan olimpiadalarini tashkil qilish borasida yaqindan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, joriy yilning
4-8 fevral kunlari “O‘zbek tili” fani bo‘yicha olimpiadaning III (shahar) bosqichi bo‘yicha hakamlar hay’ati tarkibida universitetning “O‘zbek tili” kafedrasi professor-o‘qituvchilari filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Saparniyozova, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori   O.To‘raqulova  faol ishtirok etishdi.

    Olimpiadaning ushbu bosqichi ikkita turda – yozma (matn tuzish) hamda test shaklida tashkil qilindi. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash lozimki, hukumatimiz tomonidan davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish borasidagi qator qaror va farmonlar, qilinayotgan amaliy ishlarning samarasi o‘laroq,  o‘zga tilli maktablarda o‘zbek tilini o‘rganishga e’tibor tubdan yaxshilanganligi yaqqol sezildi. Bu holat olimpiada ishtirokchilarining matn tuzish qobiliyatlari, til sohasidagi bilimlari, uni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlarini baholash jarayonlarida yaqqol ko‘rindi.
Shuningdek, olimpiada jarayoni o‘zbek tilini o‘qitish va baholash amaliyoti sohasida oliy ta’lim hamda o‘rta umumta’lim o‘qituvchilarining fikr almashinuvi uchun ham katta imkoniyat yaratdi, deyish mumkin. Bu esa 5112400 – o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ushbu sohada kadrlar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirishning muhim omillaridan sanaladi.

31-maktabda mahorat darsi

 

15.01.2021

“OTM-maktab hamkorligi doirasida Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi o‘qituvchilari 31-maktab o‘quvchilari uchun dars tashkil etishdi.”

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, “Madaniyatlararo muloqot va turizm” kafedrasi o‘qituvchilari Isamuhamedova Madina va Hakimova Zuhra Zangiota tumanida joylashgan 31-o‘rta maktabga ingliz tili darslarining sifati, o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish va ularga mahorat darsi o‘tkazish maqsadida borishdi. Tashrif davomida maktab direktori boshchiligida universitet o‘qituvchilariga maktabda ingliz tili darslari va sharoitlari bilan tanishtirildi. Mahorat  darsini tashkil etishda maktabdagi 9, 10 va 11-sinflar o‘quvchilari jalb qilindi. Mahorat darsi uchun o‘qituvchilar “Personality adjectives” mavzusini tanladilar. O‘quvchilarning ingliz tilida tinglash, so‘zlash va yozish mahoratlarini rivojlantirish maqsadida o‘qituvchilar aqliy hujum, juft bo‘lib ishlash, individual ishlash hamda guruh o‘yinlarini dars davomida keng tadbiq qildilar.  

Dars davomida o‘quvchilarga mavzuga oid yangi sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar, grammatika qoidalari va ingliz tilida so‘zlash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘nikmalar o‘rgatildi. Dars davomida o‘quvchilarga tarqatilgan tarqatma materiallardan foydalanilgan holda, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida interfaol o‘yinlar o‘ynaldi. Shu jumladan, “Describe your partner” o‘yini o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va taassurot qoldirdi. Mahorat darsi mobaynida o‘quvchilar berilgan savollarga faol javob berishdi va mavzuga oid barcha savollariga javob olishdi. Dars yakunida  maktab o‘quvchilari universitet o‘qituvchilariga ingliz tili bilim va ko‘nikmalarini yaxshilash bo‘yicha, ingliz tilini o‘rganishda samarali bo‘ladigan kitoblar va  qo‘llanmalar, internet resurslari hamda universitetga kirish bilan bog‘liq bo‘lgan imtihonlar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va ularga javob oldilar.

 

2-sonli TTJda qonun hujjatlari targ‘iboti o‘tkazildi 

09.12.2020

        Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Vera Muhamedjanova boshchiligida universitetning 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan “Mamlakatimizda so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar va ularning mamlakat hayotida tutgan o‘rni mavzusida”gi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatida tarix fanlari nomzodi, dotsent  Tursun Chariyev, pedagogika fanlari nomzodi Ibodulla Uzoqov, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Roziya Alimboyeva hamda kafedra katta o‘qituvchisi Sherzod Muhamedovlar ishtirok etishdi.

         Davra suhbatida so‘nggi yillarda respublikamizda qabul qilinayotgan hamda Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan qonunlarning jamiyat ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi. Davra suhbati davomida talabalar ham o‘zlarining fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.

 

25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi.

04.12.2020

 

      Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi jamoasi –  psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Aslonov, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Roziya Alimboyeva hamda universitet axborot-resurs markazi direktori Bahodir Mallabayevlar joriy yilning 4-dekabr kuni kafedra bilan hamkorlik masalasida Zangiota tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga  borishdi. Maktabda o‘qituvchilar salohiyatini  aniqlash maqsadida ulardan o‘zlarining mutaxassisliklari bo‘yicha test olindi hamda maktab kutubxonasiga kafedra tomonidan badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. Bundan tashqari uchrashuv davomida ushbu maktabda fanlarni o‘qitish bo‘yicha tug‘ilayotgan muammolar yuzasidan suhbatlar olib borildi hamda takliflar va kamchiliklar o‘rganilib bu muammolarga  kafedra tomonidan amaliy yordam berilishiga kelishib olindi.

 

Umumta’lim maktablari faoliyati o‘rganildi

26.11.2020

 

“Bugun Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU ishchi guruhi tomonidan Zangiota tumanidagu 18-, 23-, 25- umumta’lim maktablarining umumiy ahvoli o‘rganildi.”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2020-yil 30-oktabrdagi “Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari” muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha maktablar faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini  oshirish, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularning bilimlari va dunyoqarashini yanada oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash ta’lim tizimini isloh qilishdagi galdagi vazifalar sirasida belgilangan edi. Shu maqsadda,  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga biriktirilgan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi umumta’lim maktablari bilan hamkorlik borasidagi dastlabki ishlar amalga oshirildi.

Universitetning O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori S.Normamatov, O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri M.Abdullayeva, Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika kafedrasi dotsenti Q.Mo‘ydinov va universitet Axborot xizmati xodimi E.Rajabovlar dastlabki bosqichda universitetga biriktirilgan Zangiota tumanidagi 3-, 8-, 18-, 23-, 25-, 28-, 31- umumta’lim maktablarining ta’lim sharoitlari bilan tanishib chiqishdi.

Umumta’lim maktablari rahbarlari, pedagogik jamoasi bilan “OTM – MAKTAB ta’lim sifatini oshirish” tamoyiliga asosan maktablarda uneversitet professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “hayot saboqlari”, “olimlar kuni”,  “kafedralar soati” kabi mavzularda seminar va muloqotlar o‘tkazish amaliyotini joriy qilish; maktablarda faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilarining  malakasini oshirish va sifat tarkibini yaxshilashga ko‘maklashish; maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish; universitet professor-o‘qituvchilarining maktablardagi iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashini tashkil etish; oliy ta’limga tayyorlov kurslari hamda fan to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi vazifalar muhokama qilindi. 

  Umumta’lim maktablari pedagogik jamoasi takliflari asosida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi loyihasi tayyorlandi. Endigi bosqichda ota-onalar, mahalla faollari hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirokida harakatlar rejasini muhokama qilish va tasdiqlash, shu asosida maktablarda ta’limning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

    Har qaysi maktabdagi ta’lim sharoitini o‘rganish jarayonida maktab bitiruvchilari bilan alohida  suhbatlar uyushtirildi. O‘qish jarayonida ular duch kelayotgan mavjud muammolar o‘rganildi. Shuningdek, maktab bitiruvchilarini OTMlariga tayyorlash bo‘yicha maqsadli ishlarni amalga oshirish vazifalari belgilab olindi.

            Ishchi guruh tomonidan umumta’lim maktablarida kadrlar bilan ta’minlanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi, o‘rganish jarayonida maktablarda ayrim fanlardan o‘qituvchilar yetishmaslik  holatlari aniqlandi va bunday muammolarning ayrimlari bo‘yicha yordam ko‘rsatildi. Jumladan, Zangiota tumani 23-umumta’lim maktabida Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisiga ehtiyoj mavjudligi aniqlangach, shu hududda istiqomat qiluvchi universitetning O‘zbek tili va adabiyoti  fakulteti 3-kurs talabasi Xidirova Dildora Madyor qizining mazkur maktabda Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib borishiga kelishildi.

  Xuddi shuningdek, mutaxassis o‘qituvchilar bilan ta’minlanishda muammolarga duch kelayotgan 25-umumta’lim maktabiga O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining ikki nafar bitiruvchi kurs talabasi – Jo‘nashaliyeva Toiba hamda Navro‘zova Xosiyatlar; 18-umumta’lim maktabiga esa Adabiyotshunoslik mutaxassisligining birinchi kurs talabasi Abduraimov Dilshodlar Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi lavozimiga ishga joylashtirildi. 

     Kun tartibida har bir maktabning kutubxona fondi ham o‘rganilib, universitet tomonidan o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun zarur o‘quv, o‘quv-metodik hamda badiiy adabiyotlar bilan ta’minlashga amaliy ko‘mak berish vazifasi belgilandi.

Vatan himoyasi muqaddas burch

 

15.01.2020

        “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Vatan himoyasi muqaddas burch” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan o‘tkazildi.

Ushbu tadbir 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 1-kurs talabalari o‘zlarining bir-biridan qiziqarli chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, she’r  va qo‘shiqlari bilan qatnashdilar.

 

Mardlar qo‘riqlaydi vatanni

14.01.2020

      “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi tomonidan “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” mavzusida tadbir o‘tkazildi”.

Tadbirda Davlat Bojxona Qo‘mitasining Bojxona instituti ofitser va tinglovchilari ham ishtirok etishdi. Ular tomonidan taqdim etilgan maxsus chiqishlar tadbir ishtirokchilarida unutilmas taassurot qoldirdi. Shuningdek, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 1-bosqich talabalari ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar, raqs hamda vatanni madh etuvchi she’rlar kechaga o‘zgacha fayz kiritdi.

 

Tabiat va yoshlar

27.12.2019

        “Atrof-muhit muhofazasi har bir insonning burchi sanaladi. Bu borada yoshlarning vazifalari talaygina. Shuni inobatga olgan holda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 103-guruh talabalari «Atrof-muhit masalalari» mavzusida ochiq dars tashkil etdilar.”

Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi Nargiza Xodjaqulova rahbarligida tayyorlangan ushbu dars mashg‘ulotida fakultetning mahoratli professor-o‘qituvchilari va xorijlik mutaxassis Rayn Schveitzer tomonidan juda yuqori baholandi. Talabalar tomonidan bugungi dolzarb ekologik muammolar va ularning yechimlariga doir tayyorlangan taqdimotlar diqqatga sazovordir.

Negaki, talabalar ingliz tilida ravon ma’ruzalar qilishdi va bunday global muammolarga o‘z munosabatlarini bayon qilishdi. Murabbiy tomonidan tayyorlangan turli pedagogik vositalar yordamida talabalarning bilim va malakalari tekshirildi.
Dars so‘ngida esa mehmon ustozlar eng yaxshi nutq sohibini aniqlab berdilar. G‘olib talaba esa munosib taqdirlandi.
Bu kabi dars mashg‘ulotlari talabalarning xorijiy tilni mukammal egallashlari barobarida ularda turli global mavzularga doir qomusiy bilimlarni ham berib borishi bilan ahamiyatlidir.

 

Ogahiy tavalludining 210 yilligi nishonlandi

 

27.12.2019

“Xorazm adabiy muhitining ilg’or namoyondasi Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 210 yilligiga bag’ishlab, bugun O’zbek filologiyasi fakulteti O’zbek adabiyoti tarixi va foklori kafedrasi tomonidan «Muhammad Rizo Ogahiy – shoir, muarrix, mutarjim » deb nomli ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalar Ogahiy g’azallaridan badiiy guldasta tayyorlashdi, uning so’zi bilan qo’shiq bo’lgan taronalarni kuylashdi va  raqslar ijro etishdi.

Sinxron tarjima tinimsiz mehnatdir

22.10.2019

      “O‘zbek tilidan ingliz tiliga, ingliz tilidan o‘zbek tiliga sinxron tarjima qila oladigan malakali tarjimonlarni tayyorlash universitetimizning asosiy maqsadidir

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Shahnoza Mustanova mamlakatimizdagi kam sonli mutaxassislardan biridir. Bu murabbiy boshchiligidagi “Sinxron tarjima” to‘garagi a’zolari yetuk mutaxassislar bo‘lishlari uchun tinimsiz mehnat qilmoqdalar. Ayni kunda sinxron tarjimonlar uchun turli innovatsion texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Ushbu to‘garak a’zolari mamlakatimizda o‘tkazilayotgan turli anjuman va marosimlarda ko‘ngillilar safida o‘z tajribalarini oshirib borishmoqda. Umid qilamizki, tez orada   o‘zbek tilidan ingliz tiliga, ingliz tilidan o‘zbek tiliga sinxron tarjima qila oladigan malakali tarjimonlar bunday kamyob soha vakillari safining kengayishiga xizmat qiladilar.

 

 

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.