E’lonlar

Madaniyatlararo muloqotda sharq tillarining ahamiyati

19.11.2020

“Ertaga universitetimiz tomonidan aynan shu mavzuda xalqaro masofaviy-onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bolib otadi.”

 

 

?DIQQAT! Tadqiqotchi olimlar va ingliz tili bo‘yicha bilimlarini keyingi bosqichga ko‘tarishni istaganlar uchun bepul darslar.

02.11.2020

?Qachon: 2020-yil 4 noyabr,  soat 14:00 da

?Qayerda: Innovatsion rivojlanish vazirligi, 3-qavat, 307-xona

Bu kuni Siz bizning darslarimizga tashrif  buyurib, yangi tashkil qiliniyotgan guruhlarda o‘zingiz uchun joy ajratib qo‘yishingiz mumkin.

? Ro‘yhatdan o‘tish uchun quydagi ilova orqali o‘ting: https://forms.gle/43MMeJrpY1nbDQtA7

☎️ Yoki: 99 521 33 10 yoki 97 752 17 27 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Normurodova Nozliya Zarilovnaning fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi

to‘g‘risida

 

28.10.2020

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz badiiy diskursida antropotsentrizmning lisoniy voqelanishi”, 10.00.04. – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2015/B2015.2.Fil347.

Ilmiy maslahatchi: Ashurova Dilyarom Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Fil.01.10

Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bakoyeva Muhabbat Kayumovna, filologiya fanlari doktori, professor; Maslova Valentina Avraamovna, filologiya fanlari doktori, professor (Belarus).

Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik…

 

 

Turdiyeva Hulkar Komilovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

27.10.2020

 

“Nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik tadqiqi (fors va o‘zbek tillaridagi materiallar asosida)” mavzusida

 

Turdiyeva Hulkar Komilovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan “Nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik tadqiqi (fors va o‘zbek tillaridagi materiallar asosida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2020-yil 3-noyabr soat 12.00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy.

Tel.: Tel: (90) 937-65-86

e-mail: tdutau_nazorat@edu.uz.

 

 

Diqqat, e’lon! Barcha professor-o‘qituvchilarni joriy yilning 28-oktabr kuni soat 10.00 da Adiblar xiyobonida “O‘zbek tili taraqqiyotida so‘z san’atkorining o‘rni” mavzusida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirga taklif etamiz.

26.10.2020

RAQAMLI OZBEKISTON – 2030

DASTURINI AMALGA OSHIRISHDA YOSHLARNING ORNI

mavzusida Respublika yoshlar onlayn konferensiyasi

26.10.2020

?O‘tkazilish sanasi – 27-oktabr

?Davomiyligi – 1 kun. ? 10:00 – 18:00 (tanaffus bilan)

______________________

⚡️Siz ham mazkur konferensiyada ishtirok etib, mavzuga oid bilimlaringizni oshiring hamda sessiyalar ishida o‘z takliflaringizni loyiha shaklida taqdimot qiling❕

 

?SESSIYALAR: (guruhlarda ishlash)

?Frilanserlik orqali yoshlar bandligini ta’minlash.

?«IT-PARK»lar faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish

?Axborot texnologiyalari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish

?Raqamli ta’lim istiqbollari

______________________

 

✅ Sessiyalar ishida ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:

?@digital_uzb2030_conference

 

⏳Ro‘yxatga olishning oxirgi sanasi:

?25-oktabr, 23:59 gacha

 

 

Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi xalqaro onlayn kurslarga start beradi.

25.10.2020

Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi xalqaro onlayn kurslarga start beradi.

Integrallashgan ingliz tili

Ijodiy va ilmiy yozish mahorati

Tanqidiy diskurs tahlili

Madaniyatlararo muloqot

Til o‘qitish metodikasi

kabi fanlardan ma’ruza va seminarlar sizni kutmoqda!

                        

Kanada, AQSH, Rossiya, Ruminiya, Yaponiya kabi davlatlarning 7 nafar xorijlik mutaxassislari siz uchun 1 oy davomida onlayn ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tishadi.

Imkoniyatdan unumli foydalaning! Bilimlaringizga xorijiy tajribani uyg‘unlashtirish vaqti keldi!

 

Alisher Navoiy nomidagi

ToshDO’TAU Matbuot xizmati

@prTSUULL

“Til bor ekan, millat barhayot!” mavzusidagi onlayn-bayram tadbiri o‘tkaziladi

17.10.2020

O‘tkazilish kuni: 2020-yil 19-oktabr soat 11.00 da

Moderator: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Identifikator:  607 654 2705

Onlayn-bayram tadbiriga ulanish uchun havola: https://us02web.zoom.us/j/6076542705

 

 

“Yoshlarni milliy ma’naviyatimizga yot g‘oyalardan  himoyalashda sohalararo yondashuvli faoliyat istiqbollari” mavzusida konferensiya o‘tkaziladi.

08.10.2020

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan “Yoshlarni milliy ma’naviyatimizga yot g‘oyalardan  himoyalashda sohalararo yondashuvli faoliyat istiqbollari” mavzusidagi MDH va xorijiy olimlarni jalb qilgan holda
2020-yil 12-noyabrda Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Ushbu konferensiyada barcha professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar o‘z maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Axborot xati 

 

 

Shirinova Yekaterina Turakulovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) dissertatsiya  himoyasi to‘g‘risida

07.10.2020

ToshDO‘TAU huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengashda joriy yilning 10-oktabr kuni soat 11:00da  Shirinova Yekaterina Turakulovnaning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligidan “O‘zbek tili bank-moliya terminologiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) dissertatsiya  himoyasi Zoom dasturi orqali o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Автореферат

ДИССЕРТАЦИЯ

“O‘ZBEKISTON TARJIMASHUNOSLARI FORUMI  – 2020”

 

06.10.2020

 

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 7 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2020-yilda xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 13-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2020-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №116-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2020-yil 11-dekabr kuni “O‘zbekiston tarjimashunoslari Forumi – 2020” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Forum yuzasidan ToshDO‘TAU yoshlar ittifoqi yetakchisi Olimjanov Orifjonga murojaat qiling. +998942748370

 

 

Bu yil Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU talabasi bo’lgan yoshlar diqqatiga!

03.10.2020

“Men talaba bo’ldim, kimga murojaat qilay?, “Hujjatlarimni qayerga olib boray?”, “Kontraktni qachon to’layman”? kabi ko‘plab savollarga javob.

Qadrli talabalar! Avvalo, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU Matbuot xizmati barchangizni talabalikka tavsiya etilganingiz bilan qutlaydi!  Davlat imtihonlarida o’zingizning kuchli bilimingiz, salohiyatingizni namoyish etib, eng yuqori ballarni to’plagan holda, talabalik baxtiga muyassar bo’ldingiz.  Kelgusida ham universitetning, qolaversa, yurtimizning rivoji, ilm-fan taraqqiyoti uchun tinim bilmay bilim olishingizga ishonamiz!

Endilikda siz hujjatlaringizning asl nusxasini  universitetga olib kelishingiz so’raladi. Bunda sizdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  1. Rektor nomiga ariza;
  2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
  3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
  4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
  5. 3,5×4,5 foto 12 ta;
  6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
  7. Konvert A5 formatida;
  8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
  9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

Fakultetlar kesimida  siz barcha savollar yuzasidan quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz kerak:

  1. O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti – Jamshid Norqo’ziyev (+998909934207)   Doniyor Rustamov – +998977099961
  2. Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili fakulteti– Ma’rufjon Do’stmurodov  (+998998225864)

3.Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti (ingliz, rus) – Ahror Kadirov (+998909243044), Dilshodxon Islomov  (+998932978760)

  1. O’zga tilli guruhlarda o’zbek tili, Noshirlik ishi– O’rinboy Boboyorov (+998909297268)

5.O’zbek tili va adabiyoti fakulteti (kechki, sirtqi) – Nurmurod Chinniqulov (+998977012348)

To’lov kontrakti asosida qabul qilingan talabalar shartnoma tuzilishini inobatga olib, kontrakt bilan bog’liq barcha savollarga universitet Marketing bo’limidan javob olishingiz mumkin:

  1. Marketing bo’limi boshlig’i A.Djumashev (+998946070076)

Shuningdek, barcha yangiliklardan o’z vaqtida xabardor bo’lish uchun  Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU ning rasmiy  sayti www.navoiy-uni.uz  hamda universitetning  Telegramdagi @prTSUULL rasmiy kanalini doimiy kuzatib boring!

Tez kunda sizlarni universitetda ko’rishdan mamnun bo’lamiz!

 

 

ToshDO‘TAUda yana bir xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga maqola va tezislar qabuli boshlandi.

28.09.2020

YOSH TADQIQOTCHILAR DIQQATIGA!

25.09.2020

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2020-yil 16-noyabrda “Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Anjumanda quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:

I sho‘ba. Tilshunoslik.

II sho‘ba. Adabiyotshunoslik.

III sho‘ba. Tarjimashunoslik.

IV sho‘ba. O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi.

Maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz tillarida qabul qilinadi. Anjuman onlayn tarzda sho‘balarga bo‘lib o‘tkaziladi.

Anjuman sho‘balari hayʼati qarorlariga ko‘ra “Eng dolzarb mavzudagi maqola”, “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola”, “Eng tirishqoq yosh mutaxassis” yo‘nalishlarida e‘tirof etilgan talabalar alohida sertifikat bilan taqdirlanadi.

Tashkiliy qo‘mita kelgan materiallarni saralash va tanlash huquqiga ega. Maqolalar 2020-yilning 20-oktyabrigacha @filconfuz2020_bot telegram boti orqali qabul qilinadi.

TALAB BOʻYICHA YUBORILMAGAN VA SOHA MUTAXASSISI TAVSIYA XATI BO‘LMAGAN MATERIALLAR QABUL QILINMAYDI.

Anjumanda qatnashish bepul!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil qilinayotgan  “Xavfsiz internet: bugun va kelajak” online konferensiyasi uchun qabul boshlandi

25.09.2020

? Konferensiya  3-, 4-oktabr kunlari ZOOM platformasida o‘tkaziladi

 

Siz Online konferensiyada quyidagi yo‘nalishlardan birida ishtirok etishingiz mumkin:

? Axborot globallashuvi davrida internet xavfsizlik masalalari

? “Blogerlik” – Bloger kuchlimi yoki jurnalist?

? “Matbuot” – Matbuot kelajagini nima kutmoqda yoxud ijodkor qarashlari!

? “Telejurnalistika” – Telejurnalistikadagi raqobat: davlat telekanallarimi yoki xususiy kanallar?

 

Spikerlar:

? Alisher Sa’dullayev

? Sherzod Qudratxo’jayev

? Xurshid Do’stmuhammad

? Nargiz Qosimova

? Amrullo Karimov

? Ravshan Omonov

? Dilshod Rajab

? A’zamjon Dadaxonov

 

❗️ Qatnashish mutlaqo BEPUL…

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil qilinayotgan  “Xavfsiz internet: bugun va kelajak” online konferensiyasi uchun maqolalar ham qabul qilinadi!

 

Konferensiyaga taqdim etilayotgan maqolalar quyidagi tartibda tayyorlanishi lozim:

– maqolalar 5 sahifadan kam bo‘lmasligi lozim;

– Times  New Roman shriftida 14 kattalikda, satrlar orasida 1 interval bilan yoziladi;

– tepadan 2 sm, pastdan 2 sm, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm qoldiriladi;

– tahrir qilingan holda elektron variantda taqdim etiladi;

– maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va qoraytiriladi;

– bir intervaldan so‘ng talabaning familiyasi va ismi, oliy ta’lim muassasasi nomi, fakultet va guruhi ko‘rsatiladi;

–  ilmiy rahbarning familiyasi va ismi, ilmiy darajasi va unvoni yoziladi;

–  maqola oxirida qo‘l telefoni raqami ko‘rsatilishi shart.

? Maqolalarni chop etishga ketadigan tipografik harajatlar hisobga olinib, 1 bet uchun to‘lov miqdori 15000 so‘m belgilandi.

? Maqolalar o‘zbek va rus tillarida 2020-yil 3-oktabrdan 3-noyabrga qadar elektron variantda quyidagi elektron manzilga yuboriladi: mediamaskan@edu.uz

? Murojaat uchun telefon raqamlar:

? Nargiza Dusimbetova +998946028603

? Javohir Amonturdiyev +998939039597

Diqqat tanlov❗️

23.09.2020

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘zbek tilining sofligi va tozaligini targ‘ib qiluvchi eng yaxshi  videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

? O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilini milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish, unga nisbatan milliy g‘urur hissini tarbiyalash, tilimizning xalqaro mavqeini mustahkamlashga xizmat qiluvchi videolavhalar 5 daqiqaqadan oshmasligi lozim.

Tanlovda respublikamizdagi barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etishlari mumkin.

? Tanlov g‘oliblari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

?‍? Ijodiy ishlar joriy yilning 18-oktabriga qadar @TalabaMedia_bot telegram kanali orqali qabul qilinadi.

? Tanlovga yuborilgan videolavhalar https://t.me/TALABAMG kanali orqali namoyish etib boriladi.

☎️ Murojaat uchun telefon: 71 246-64-09

✨ Tanlovda ishtirok eting va tilimiz targ‘ibotiga o‘z hissangizni qo‘shing!

BARCHA TAYANCH DOKTORANTLAR DIQQATIGA

17.09.2020

Joriy yil 21-23-sentabr kunlari navbatdagi CHORAKLIK ONLAYN MONITORING O‘TKAZILADI.

21-sentabr soat 10.00 da 3-kurslar, 22-sentabr soat 10.00 da 2-kurslar, 23-sentabr soat 10.00da 1-kurslar monitoringdan o‘tadi.

3-kurslar diqqatiga. Kafedra muhokamasi bayonnomasi tayyor holatda va ilmiy seminarga hujjat topshirishga tayyorgarlik ko‘rib qatnashishingiz talab etiladi. Shu paytgacha qilingan barcha ishlar asosi bilan topshiriladi.

Barcha tayanch doktorantlar hisobotlarida rejada belgilangan ishlar aks etishi shart. Hisobotda birinchi galda choraklik ishlar beriladi. Qo‘shimcha punkt sifatida doktoranturaga kirgan vaqtdan shu paytgacha qilingan ishlar ham sanab ko‘rsatiladi. Bajarilgan ishlarning asosi va hisobotlar PDF shaklda zip papkada yuboriladi.

 

? “Yosh kitobxon” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda!

16.09.2020

?Prezidentning 5 muhim tashabbusi doirasida tashkil etilgan kitobxonlarning sevimli tanlovi 3 ta yosh toifasida

(10-14 , 15-19, 20-30 yosh) o‘tkazilmoqda.

?Tanlovga arizalar onlayn tarzda ushbu havola orqali

2020-yil 1-oktabrga qadar qabul qilinadi. Saralash bosqichi test asosida noyabr oyida, hududiy bosqichlar yanvar-fevral hamda final bosqichi fevral-mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

?Kitob o’qing, ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

Ekologiya va atrof-muhit mavzusiga bag‘ishlangan videoroliklar yoshlar tanlovi 2020-yil 1-oktabrga qadar uzaytirildi.

12.09.2020

Ijtimoiy-ekologik videoroliklar yoshlar tanlovi 2020-yil 1-oktabr sanasiga qadar uzaytirildi. Tanlov uchun ajratilgan vaqtning aksar qismi ikkinchi karantin vaqtiga to‘g‘ri kelgani, bu ishtirokchilarning imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklagani, ularning faolligi, qatnashishiga ta’sir etgan bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda tashkilotchilar ishlarni qabul qilish muddatini yana bir oyga uzaytirishga qaror qilishdi.

Ekologiya va atrof-muhit muammosiga befarq bo‘lmagan 16 yoshdan 25 yoshgacha O‘zbekiston fuqarolari ushbu tanlov ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Asosiy vazifa – qiziqarli va mazmundor, xususan mobil jurnalistika formatidagi videorolikni yaratish. Uchta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni qimmatbaho sovrinlar – zamonaviy gadjetlar kutmoqda!

Videoroliklar xronometraji imkoni boricha 3 daqiqadan oshmasligi zarur, maksimum 5 daqiqa bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Rolik mazmun-mohiyati quyidagi uch mavzudan birini o‘zida aks ettirishi zarur:

– atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi muammolar va yechimlar;
– biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha muammolar va yechimlar;
– suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha muammolar va yechimlar.

“Tabiat vaqti: inson, atrof muhit va bioxilma-xillik” mavzusidagi tanlov Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan UzWaterAware loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Ishtirok etish uchun 2020-yilning 1- oktabriga qadar uzbekistan@carececo.org elektron manziliga “Tabiat vaqti” nomi bilan quyidagilarni yuborish kerak:

– ishtirokchi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
– videorolikning qisqa tavsifi hamda yaratilish tarixi;
– internetdagi biror maydonga mp4 formatida yuklangan videorolikka havola yoki xajmi yengillashtirilgan videoni (mp4) xatning o‘ziga bevosita ilova qilish mumkin.

Shu bilan birga, rolikni #Tabiatvaqti #Времяприроды #Timefornature xeshteglari ostida Facebook, Instagram, Youtube ga joylashtirish, havolasini esa yuborish kerak bo‘lgan xatga ilova qilish zarur.

Asosiy sovrinlar bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p layk, ko‘rish, havola to‘plagan rolik muallifini rag‘batlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan alohida nominatsiya ajratilgan.

TANLOV SHARTLARI bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://carececo.org/main/news/molodezhnyy-konkurs-sotsialno-ekologicheskikh-videorolikov-na-temu-vremya-prirody-chelovek-okruzhayu/

 

 

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” tanlovida qatnashing.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilmoqda.

Ijodiy ishlar 20-sentabrgacha qabul qilinadi.

G‘oliblar til bayrami arafasida taqdirlanadi.

Tanlov yuzasidan qanday savol bo’lsa, yoshlar yetakchisi Orifjon Olimjanovga  (tel: +99894 274 83 70 yoki @Yosh_kitobxonl telegram manziliga ) murojaat qilishingiz mumkin.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.