Talabalardan tashabbus: Tasvir va tajalli
“O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetining faol talabasi Shohro‘z Mo‘minzoda yangi loyiha boshladi. ”
Universitetimiz talabalari o‘zlarining rassomchilik va chizmachilikdagi iqtidorlarini namoyish etish uchun Telegramda http://t.me/tasvirvatajalli kanalini ochishdi. Shuningdek, kanalda badiiy san’atga doir ma’lumotlar ham berib boriladi. Universitetning barcha mo‘yqalam sohiblarini birlashishga chorlaymiz. Sizning ijod namunalaringiz bizga ham qiziq! Ijodiy ishlarnu nafaqat telegram-kanalda, balki saytimizda ham e’lon qilib boramiz.
Quyida iste’dodli mo‘yqalam sohiblarining betakror ishlaridan bahramand bo‘ling.
“Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” – O‘zbek filologiyasi fakulteti. 109-talabasi Hoshimova Farangiz
To‘raqulova Gulchehra o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 202-guruh talabasi
Miniatyura – Shukurova Dinara. O‘zbek filologiyasi fakulteti. 102 – guruh talabasi
To‘raqulova Gulchehra – O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti. 202-guruh talabasi
“Nafis fazilat”ga ega qizlar
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus amalga oshirilmoqda. Bugun talaba qizlarimiz uchun yana bir ajoyib tuhfa foydalanishga topshirildi. «Nafis fazilat
Universitet talabalar uyushmasining katta loyihalaridan biri bo‘lishi kutilayotgan bu hunar o‘rgatish maskani, talaba qizlarni kichik biznesga yo‘naltirishni ham maqsad qilgan. Ushbu to‘garak rahbari, universitetning birinchi bosqich talabasi E’zoza o‘z tengdoshlariga pazandalik sirlarini o‘rgatib kelmoqda.
Besh tashabbus jam bo‘lgan maskan
27.09.2019
Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ana shu besh tashabbus amaliy natijasini ko‘rsatayotgan porloq maskandir. Bizning universitetimizda talaba qizlar uchun tikuvchilik, pazandachilik va go‘zallik to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Abro‘ san’ati va rassomlik to‘garaklari iqtidorli talabalarga o‘z quchog‘ini ochgan. San’atsevar talabalar uchun esa “Navoiy vorislari” nomli talabalar teatr studiyasi, musiqa to‘garaklari faoliyatini boshlagan. Kitobsevar yoshlarimiz uchun kutubxona va kovorking markazidan sevimliroq joy yo‘q. Yosh bolali ustoz va talabalar uchun esa ona va bola xonasi ajratilgan. Axborot texnologiyalari va dasturlashga havasmand talabalar uchun ham alohida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy jihozlangan xonalarda har kun dars mashg‘ulotlaridan so‘ng talabalarning ijodiy va amaliy faoliyati boshlanadi. Erta tongdan esa sportsevarlarimizni yana sport murabbiysi qarshi oladi. Xullas, bizning universitet besh muhim tashabbus jam bo‘lgan va o‘z samarasini yaqqol namoyon etgan bilim dargohidir.
Besh tashabbus amalda
19.09.2019
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan Farmonlari hamda 5 tashabbus ijrosini amalga oshirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.”
Universitetda yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Belgilangan reja asosida faoliyat olib borayotgan fan to‘garaklaridan tashqari o‘ziga xos san’at turi hisoblangan abro‘ san’ati bo‘yicha ham to‘garak tashkil etilishi hamda mashg‘ulotlarning shu san’atning ustasi bo‘lgan turkiyalik mutaxassis Abdurahmon Qalandar tomonidan olib borilishi talabalarni juda quvontirdi. Ular bu noyob san’at sirlarini puxta egallash barobarida turk tilini ham mukammal darajada o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi S.Bozorova