Sportning shaxmat, shashka, stol tennis, tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
05.02.2021
2021 yil 4-5-fevral kunlari Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab talaba-yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi R.Alimboyeva boshchiligida “Jismoniy madaniyat, sog‘lom turmush tarzi mustahkam immunitet garovi” (pandemiyaga qarshi jamoaviy aksiya) mavzusida bir qator sport musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu musobaqada barcha fakultet talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar. Musobaqa keskin kurashlarga boy bo‘ldi hamda Hakamlar hayʼati tomonidan natijalar tahlil etilib, sport turlari bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
Shaxmat bo‘yicha yigitlar jamoasidan
1-o‘rin, 105-guruh O‘TA, Qarshiev Alibek,
2-o‘rin,101-guruh O‘TA Tojibov Zuxriddin,
3-o‘rin, 106-guruh O‘TA Elmirzaev Ilxom.
Shashka bo‘yicha yigitlar jamoasidan
1-o‘rin, 104-guruh O‘TA, Qayumberdiev Ramazon,
2-o‘rin,102-guruh O‘TA, Mamanazarov Og‘abek,
3-o‘rin, 102-guruh O‘TA Rahmonqulov Otabek
3-o‘rin, 105-guruh O‘TA Isabekov Musulmon
Stol tennis bo‘yicha yigitlar jamoasidan
1-o‘rin, 106-guruh O‘TA(kechki), Axmedov Yoqub,
2-o‘rin,106-guruh O‘TA(kechki), Xushbaqov SHaxzod,
3-o‘rin, 104-guruh O‘TA, Qayumberdiev Ramazon,
Tosh ko‘tarish bo‘yicha yigitlar jamoasidan
1-o‘rin, 104-guruh O‘zbek tili, Azimjonov Xusniddin,
2-o‘rin,104-guruh O‘TA, Sotiboldiev To‘rabek,
3-o‘rin, 305-guruh O‘TA, Qanotov Samad
Shaxmat bo‘yicha qizlar jamoasidan
1-o‘rin, 201-guruh Filologiya, Boymirzaeva Mumtozabegim,
2-o‘rin,105-guruh O‘TA Jumaeva Xosila,
3-o‘rin, 105-guruh O‘TA Beshimova Nigora,
3-o‘rin, 105-guruh O‘TA Fozilova Madinabonu,
Shashka bo‘yicha qizlar jamoasidan
1-o‘rin, 104-guruh O‘TA, Nazarova Muxlisa,
2-o‘rin,101-guruh O‘TA, Odilova Dilnoza,
3-o‘rin, 105-guruh O‘TA, Jo‘raeva Shaxrizoda
3-o‘rin, 101-guruh O‘TA, Rajabova Xulkaroy
Stol tennis bo‘yicha yigitlar jamoasidan
1-o‘rin, 106-guruh O‘TA, Ergashova Kamola,
2-o‘rin,106-guruh O‘TA(kechki), Sotimova Barno,
3-o‘rin, 202-guruh O‘TA(kechki), Axmedova Shaxnoza,
Musobaqa so‘ngida g‘oliblar faxrli yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.
2-tashabbus doirasida universitetning har bir TTJ larida 1 tadan sport-sog‘lomlashtirish xonalari ajratilgan bo‘lib, ularning har birida 17 turdagi zamonaviy sport anjomlari professor-o‘qituvchilar va talabalarning jismoniy mashg‘ulotlar o‘tashi uchun doimo shay holatda.
Sport-sog‘lomlashtirish xonalariga jismoniy tarbiya va sport fani o‘qituvchisi R.Alimbayeva biriktirilgan bo‘lib, TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar bilan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
Shu kunga qadar universitet professor-o‘qituvchilar va talabalarning jismoniy holatini yaxshilash maqsadida 15 marta futbol, 12 marta shaxmat-shashka, 8 marta voleybol, 22 marta stol tennisi, 6 marta gandbol, 10 marta arqon tortish, 4 marta milliy kurash bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan.