
Bugun O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida “Tasavvuf va adabiyotning diniy-falsafiy asoslari” fanidan
4-kurs talabalariga Turkiya davlati Karabuk universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Mustafa Kundakçi tomonidan “Tasavvufun doğuşi ve tasavvufta kamil insan düşüncasi” mavzusida ma’ruza mashg‘uloti olib borildi. Dars mazmunli, yangi ma’lumotlarga boy, jonli tarzda tashkil etildi. Mustafa Kundakçi tasavvuf bo‘yicha Turkiyada to‘plangan boy tajriba va nazariy bilimlar asosida tasavvufning mazmun-mohiyati, undagi eng asosiy masala – komil inson mavzusini badiiy adabiyot bilan bog‘lagan holda tushuntirib berdi. Dars ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.