Universitetimiz xalqaro ERASMUS dasturida g‘olib bo‘ldi

Universitetimiz xalqaro ERASMUS dasturiga loyiha topshirib g‘olib bo‘ldi. Mazkur loyiha Vengriyaning Eötvös Loránd University bilan hamkorlikda “O‘zbek tili va adabiyotining xorijdagi targ‘ibi, Alisher Navoiy asarlarining ingliz tiliga tarjimalari masalasi” mavzusida olib boriladi. Loyiha “Erasmus+ International Credit Mobility Programm” yo‘nalishi asosida 2020-2023 yillar (3 yil) da amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari loyihada Yevropa universitetlaridagi “Markaziy Osiyoni o‘rganish (Central Asian Studies)” bo‘limlarida o‘zbek tili va adabiyoti kurslarini tashkil etish, Alisher Navoiy asarlarini ingliz tiliga tarjima qilish kabi masalalar ham qamrab olingan. Loyihaning O‘zbekistondagi kordinatori f.f.d. Mirzayeva Zulxumor Inomovna. Loyiha O‘zbek tili va adabiyotining xorijdagi targ‘iboti, Navoiy asarlarining ingliz tiliga tarjimalari masalasiga, Alisher Navoiy ijodini chet el universitetlarida o‘qitish va ular uchun qo‘llanmalar yaratishga bag‘ishlangan. Bu loyiha Alisher Navoiy asarlarini va ona tilimizning xorijdagi nufuzini oshirishda yana bir ulkan qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi, – deb ishonamiz.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.