“Bu safargi dars Hamza Hakimzoda Niyoziyning ijodiy merosiga bag‘ishlandi.”
Har haftaning payshanba kunlari Abdulla Qodiriy nomidagi Respublika ijod maktabida olib borilayotgan navbatdagi mahorat darsini O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi o‘qituvchisi Furqat To‘xtamurodov olib bordi. “Hamza Hakimzoda Niyoziyning ijodiy merosi” mavzuidagi mashg‘ulot maktab o‘quvchilariga manzur bo‘ldi. Jamoamiz professor-o‘qituvchilari tomonidan mashg‘ulotlar uzluksiz davom ettiriladi.