ToshDO‘TAU Axborot-resurs markazi yana bitta fondga boyiydi.

XX asr o‘zbek adabiyotshunosligining ulug‘ namoyandasi Azizxon Qayumov yuksak intellektual salohiyat sohibi, atoqli olim, zahmatkash va tolmas tadqiqotchi sifatida Alisher Navoiy va mumtoz adabiyotimizning boshqa vakillari asarlarini puxta o‘rganib, bu ulkan adabiy merosni xalqimizga yetkazishda haqiqiy fidoyilik va ma’naviy jasorat ko‘rsatdi.

Ustoz adabiyotshunosning o‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganish bo‘yicha olib borgan ilmiy tadqiqotlari, o‘n jildlik “Tanlangan asarlar” to‘plami, shuningdek, “Navoiyga ta’zim”, “Alisher Navoiy”, “Dilkusho takrorlar – ruhafzo ash’orlar”, “Ahmad Farg‘oniy” kabi ko‘plab sermazmun asarlari kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylandi.

Yorqin iste’dod va tafakkur egasi bo‘lgan akademik olim o‘z faoliyati mobaynida ko‘plab yoshlarga ustozlik qildi. Uning bevosita rahbarligida o‘nlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlandi.

U umrining oxiriga qadar yurtimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida faol ishtirok etdi.

Aziz Qayumovning oila a’zolari olimning ilmiy asarlari, olib borgan tadqiqotlarining qo’lyozma nusxalari va nodir adabiyotlar jamlangan kutubxonasini universitetimiz fondiga sovg’a qilishni maqsad qilishibdi.

Buning uchun ustozning xonadoniga o’z tashakkurimizni izhor etamiz.

Universitetimiz ARM fondiga taqdim etilayotgan ushbu asarlar, qo’lyozmalar yangi ilmiy izlanishlar uchun debocha bo’lishiga ishonchimiz komil.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.