“Uzoq kutilgan to‘plam vanihoyat talabalar e’tiboriga havola etilmoqda.”
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish, ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2019-yil 30-aprelda an’anaviy “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” talabalar konferensiyasi doirasida universitet miqyosida onlayn ilmiy-amaliy anjumani tashkil etilgan edi. Ushbu konferensiyada 150 nafar universitetimiz talabalari o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiyaga Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabalarining tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi, noshirlik ishi kabi sohalardagi ilmiy izlanishlari aks etgan maqolalari qabul qilindi.
To‘plam ancha katta, salkam ming betni tashkil etadi. Bu esa an’anaviy konferensiyada ishtirok har yilgidanda ko‘proq ekanini bildiradi. Shuningdek, ilmiy maqolalarning mazmuni, ularda ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni o‘qib turib, talabalarimizning ilmiy salohiyatga yaxshi baho berish mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu yangi to‘plamni universitet talabalarining ilmiy izlanishlari sarhisobi deyish mumkin.
Quyida kitobni pdf shaklida yuklab olishingiz mumkin.