Bugun davlatimiz rahbari ishtrokida 1-oktabr – Ustoz murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda prezidentimiz nutq so‘zladi. Nutqda ma’rifatparvar adiblar – Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonovlarning “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani e’lon qilindi. Bu ham adabiyotimizga berilayotgan yuksak e’tiborning namunasidir. ToshDO‘TAU rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov bayram tadbiridan so‘ng “O‘zbekiston-24” telekanaliga bergan intervyusida yurtboshimiz nutqini tarixiy jihatdan nihoyatda katta yangilik, ulug‘ ishlar yo‘lidagi debocha ekanini ta’kidlab o‘tdi.