Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Barchamizning hayotda sog‘lom va komil inson bo‘lib voyaga yetishimizda ota-onamiz bilan birga muallim va o‘qituvchilarimizning o‘rni beqiyos. Shuning uchun Sizlarga har qancha ta’zim qilsak, shuncha kam!
Muhtaram Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda, ko‘zlari yonib turgan, iqtidorli va yuksak iste’dodli yoshlarimizdek avlod dunyoning juda kamdan-kam mamlakatlarida topiladi. Bu bejiz emas. Chunki Yangi O‘zbekistonning yangicha fikrlayotgan, go‘zal fazilatlar sohiblari bo‘lgan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallayotgan olov qalb yoshlari bugun sizdan ziyolanmoqdalar.
Bugun insoniyatni sinovdan o‘tkazayotgan koronavirus atalmish balodan o‘zingizni, oilangizni asrashingizni so‘raymiz. Chunki sizning salomatligingiz Vatanimiz, xalqimiz uchun, sizlarni har kuni Ustoz, deb intizor kutayotgan farzandlarimiz uchun bebaho boylikdir.