
“Filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov sirtqi va kechki ta’lim shakliga o’qishga qabul qilingan talabalar bilan uchrashdi.”
Universitet rektori, avvalo, barchani talabalik maqomiga erishgani bilan qutladi. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, hayotimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, ta’limga, umuman, ijtimoiy hayotning barcha sohalariga kirib borayotgan onlayn yondashuvning ahamiyatini tushuntirdi. Universitetning oldiga qo‘ygan buyuk maqsadlari, rejalari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, o‘z o‘rnida talablar, kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritdi.
Bu yildan ta’lim kredit-modul tizimiga o‘tdi. Rektor Shuhrat Sirojiddinov uning ahamiyatini, afzallik jihatlarini talabalarga tushuntirdi. Bundan tashqari, universitetning ilmiy, ma’naviy salohiyati bilan tanishtirdi.
Samimiy suhbat yoshlarga juda manzur bo‘ldi. “Rektor biz bilan xuddi yaqin do‘stimizdek suhbat qurdilar, barcha imkoniyatlar faqat biz uchun yaratilgani, “o‘qiyman, o‘rganaman” degan har bir yoshga hamma sharoit muhayyo ekanligini aytdilar. Bizning fikr va takliflarimizni eshitdilar. Shu universitet talabalasi bo‘lganimda judayam xursandman”, deya o‘z taassurotlarini bo‘lishdi talabalardan biri.