OTM – maktab hamkorligi

“Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi 31-maktab faoliyatini o‘rgandi.”

         Yig‘ilishni maktab direktori F.Oripova ochib Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi mudiri N.Normurodova, o‘qituvchilar Z.Kertayeva va Y.Sattorova bilan tanishtirib o‘tdi.
      Kun tartibidagi masala yuzasidan N.Normurodova so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida  2020-yil  30-oktabrdagi “Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari” muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor  yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha maktablar faoliyatini takomillashtirish,  o‘quvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, ilm-fan vakasb-hunargabo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularning bilimlari va dunyoqarashini yanada oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash har ikki tomon manfaatli ekanini va bu har ikki tomonning asosiy vazifasi sifatida bajarilishi maqsadida  tashrif  buyurganligi o‘zlarining oldiga qo‘yilgan quyidagi rejalarni yoritib o‘tdilar: 

  1. Biriktirilgan umumta’lim maktablarida “hayot saboqlari”, “olimlar kuni” va “kafedralar soati” kabi mavzularda seminar va ochiq muloqatlar o‘tkazish amaliyotini joriy qilish;
  2. Pedagoglarning va bitiruvchi sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini diagnostika qilish;
  3. Oliy ta’lim xususiyati va kafedralar salohiyatidan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar tomonidan maktabda faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish va sifat tarkibini yaxshilashga  ko‘maklashish;
  4. Maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrovini oshirishda ko‘mak berish;
    5. Yuqori sinf o‘quvchilari uchun ularning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib maktab qoshida oily ta’lim muassasalariga kirish sinovlariga tayyorlov kurslarini tashkil etish;
    6. Oliy ta’lim muassasasi ilmiy xodimlari va doktorantlarini jalb etgan holda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash;                                                                                                    7. O‘quvchilarda ilm-fanga qiziqishini uyg‘otish maqsadida ularning qiziqishlaridan kelib chiqib oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari tomonidan darsdan tashqari fan to‘garaklarini tashkil etish;                                                                                                                                                                                                                                                            8. Maktabning o‘qituvchilari va kafedra o‘qituvchilari bilan birgalikda “ustoz-shogird” tizimini yo‘lga qo‘yish va shakllantirish;                                                                        9. Pedagogika yo‘nalishidagi bitiruvchi kurs talabalarining amaliyotini maktabda tashkil etish.
    10. Maktabda asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan tayanch fan bo‘yicha kafedra filiali va labaratoriyani tashkil etish;                                                                  11.O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida maktabda “kasblar kuni”ni o‘tkazish va  ilm-fan sohasida yutuqlarga erishgan insonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish;    12.Maktabdagi ijtimoiy muhit va o‘zaro munosabatlarni o‘rganish,mavjud muammolar bo‘yicha  ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazish va aniqlangan muammolarning yechimlarini topish  bo‘yicha mahalliy hokimlik va deputatlar kengashi bilan hamkorlik qilish;                                                                                                                              13. Umumta’lim maktabining kutubxona fondini boyitish va hududida yashovchi fuqarolar foydalanishi uchun ham shart-sharoitlar yaratish; Keyin esa kafedra o‘qituvchisi Z.Kertayeva so‘zga chiqib, maktab uchun tayyorlagan workshopni boshladi. U “Introduction to FLTM. Assessment” mavzusida bo‘lib, ingliz tilini o‘qitish metodologiyasi va baholash mezonlarini o‘z ichiga qamrab olgandi. Maktab o‘qituvchilari bu tashkil qilingan prezentatsiyani juda yaxshi kutib olishdi. Tashkil etilgan workshopda juda faol qatnashib o‘zlariga kerakli bilimlarni o‘rganib kerakli savollarga javob olishdi.                                                                                                                                                                                                                                                       

      Yig‘ilishda rus tili fan o‘qituvchisi A.Raimova  so‘zga chiqib shu hamkorlik tashkil qilinganligi yaxshi bo‘lganligi aytib o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Matematika o‘qituvchisi Y.Jalilova so’zga chiqib o‘quvchilarni oliy ta’limga jalb qilish uchun oliy ta’lim muassasasiga ekskursiya uyushtirish maqsadga muvofiq bo‘lishini aytdilar.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.