Mumtoz adabiyotning dolzarb muammolari

“O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi onlayn konferensiya Hamidjon Homidovning 85 yilligiga bag‘ishlandi.”

2020-yil 11-dekabr soat  Zoom onlayn dasturi orqali O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan filologiya fanlari doktori, professor Hamidjon Homidov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “Mumtoz adabiyotning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani o‘tkazildi.

         Anjuman universitet rektori Sh.Sirojiddinov rahbarligida tashkil etildi. O‘quv va tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor S.Normamatov universitet jamoasi nomidan H.Homidovning  85  yilligi bilan tabrikladi.

         Anjumanda filologiya fanlari doktori, professor Nusratullo Jumaxo‘ja,  filologiya fanlari nomzodi, dotsent Obidjon Karimov,  filologiya fanlari nomzodi, dotsent  Mo‘minjon Sulaymonov,  filologiya fanlari  doktori, professor Shoira Ahmedova.  pedagogika fanlari  doktori,  dotsent Valijon Qodirov,  filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tohir Xo‘jaev,  filologiya fanlari nomzodi, dotsent Jasur Mahmudovlar professor Hamidjon Homidovning ilmiy-ijodiy va pedagogik faoliyati, mumtoz adabiyot, o‘zbek adabiyoti, adabiyot nazariyasi muammolari, manbashunoslik va adabiy aloqalarga oid masalalar, mumtoz adabiyotni o‘rganish va o‘rgatishning nazariy va uslubiy jihatlari xususida ma’ruza qildilar. Mazkur anjumanning o‘ta samimiy, ko‘tarinki ruhda o‘tganligi pedagog olim  Hamidjon Homidiy ilmiy salohiyatining nufuzli va arzirli mavqega egaligidan dalolat beradi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.