Akademik litsey bilan hamkorlik yangi bosqichda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori  hamda shu asosidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqib, universitetning O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori S.Normamatov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori J.Xaltayevlar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi pedagogik- jamoasi bilan uchrashdilar.

Yig‘ilishda akademik litsey moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni saralab olish jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini muntazam oshirib borish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish borasidagi tizimli ishlarni amalga oshirish bo‘yicha litsey pedagogik jamoasi bilan fikr almashildi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xarita”sining tayyorlangan dastlabki loyihasi litsey pedagogik jamoasi bilan muhokama qilindi. “Yo‘l xarita”sidagi:

– akademik litsey o‘quvchilarining kamida bitta xorijiy tilni puxta o‘zlashtirib chiqishlari hamda mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishlari uchun dars mashg‘ulotlariga universitetning yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini jalb etish;

– akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilarini chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitish, ularning fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish;

– iqtidorli o‘quvchilar hamda litseydagi fan o‘qituvchilarini “ustoz-shogird” tizimi asosida universitetning malakali professor-o‘qituvchilariga, litsey ta’lim yo‘nalishlarini esa universitetdagi tigishli kafedralarga biriktirish;

– oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinmagan hamda kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan litsey bitiruvchilari uchun kasb-hunarga o‘rgatish Markazlarini tashkil qilish;

– universitet ta’lim yo‘nalishlarida takroran o‘qitiladigan fanlarni akademik litsey o‘quv dasturidagi tigishli fanlar bilan muvofiqlashtirish;

Pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish asosida akademik litseyda ta’lim sifatini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, reytingga oid ko‘rsatkichlarini  universitet Kengashida tanqidiy tahlil qilib borish kabi bandlar ijrosini ta’minlashdagi universitet va akademik litsey jamoasining vazifalari belgilandi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.