Beshta muhim tashabbus doirasida anjuman o‘tkazildi

    2020-yil 15-dekabr kuni Oliy Majlis Senati, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan ushbu tadbirda senatorlar, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, bandlik va mehnat munosabatlari, xalq ta’limi, oliy ta’lim vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va boshqa qator tashkilotlar rahbarlari, Yoshlar parlamenti a’zolari, o‘quvchi yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

    Shuningdek, tadbir doirasida o‘quvchi-yoshlar, talabalar badiiy, musiqiy chiqishlari hamda sport sohasidagi o‘z mahoratini namoyish etdi. Anjumanda universitetimiz talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.

     To‘rtinchi tashabbus – aholi, ayniqsa, yoshlar madaniyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari doirasida universitet axborot-resurs markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.