Raqamli noshirlikni rivojlantirish zamon talabi

“2021-yil 18-yanvarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining rektori professor Shuhrat Sirojiddinovning O‘zbek tili fakulteti noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. ”

         Rektor o‘z chiqishida mazkur  ta’lim yo‘nalishi  nima maqsadda ochilganligi, ushbu yo‘nalishi mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti o‘quv rejasi bilan aynan bizning universitet o‘quv rejasidagi farqlar, pirovard maqsad va natijalar, talabalar va professor-o‘qituvchilar oldida turgan strategik vazifalar, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan so‘zladi. Shuningdek, uchrashuvda biz tayyorlaydigan kadrlar, ya’ni noshirlar  raqamli iqtisodiyot sohasining vakillari bo‘lib yetishishi,  bizning bitiruvchilarimiz aynan raqamli noshirlik ishini  yo‘lgan qo‘yishi va boshqarishi kerakligi, buning natijasida o‘zbek adabiyoti durdonalarini butun dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish, raqamli noshirlik tijorat ishini yo‘lga qo‘yish zarurligi hayotiy misollar va xorijiy tajriba asosida tushuntirib berildi. Uchrashuvda  universitet talabalari uchun yaratilgan   imkoniyatlar –  o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘rganish; bir nechta Yevropa va Sharq tillarini mukammal bilish;  zamonaviy  texnologiyalarga oid fanlar  – WEB dizayn, noshirlik ishida axborot texnologiyalari, raqamli sahifalash,  medialoyihalashtirish va grafik dizayn,   multimedia va onlayn nashrlar, blogosfera asoslari, kompyuterli illustratsiya va dizayn, logotip dizayni; noshirlikning huquqiy asoslari, noshirlik ishida menejment va marketing kabi fanlarni  o‘zlashtirish uchun mavjud bo‘lgan eng oxirgi talabalarga javob beradigan moddiy-texnik baza  va boshqa imkoniyatlar  ularning  yetuk va  mehnat bozorida katta  talabga ega bo‘lgan  mutaxassis bo‘lib yetishishlari  uchun xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. Shunday zo‘r mutaxssis bo‘lib yetishish uchun nimalarga e’tibor berish zarurligi ko‘rsatib  berildi.   Uchrashuv o‘zaro do‘stona muloqot  ruhida o‘tkazilgani  va talabalar uchun kuchli motivasiya bergani uchun  noshirlik ishi  yo‘nalishi talabalari universitet rektoriga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.