Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga qilgan murojaatnomasi yuzasidan
“Murojaatnoma – yoshlar nigohida” mavzusi doirasida ma’naviy – ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbek tili fakulteti dekani filologiya fanlari doktori, professor Saodat Muhamedova talabalarga ushbu murojaatnomaning mohiyati va yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqidagi ma’ruzasi bilan boshladi. Shuningdek, Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi “Ma`rifat” targ`ibotchilari markazi a`zosi, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dotsenti, xalq deputatlari Olmazor tuman kengashi deputati To‘lqin Eshbek, O`zMTDP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar masalalari bo`yicha mutaxassisi Nargiza Nomozboeva o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Katta ijodiy tajribaga ega ustoz To‘lqin Eshbekning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga qilgan murojaatnomasi yuzasidan munosabatlari, bildirgan iliq fikrlari, ijodiy hamkorlik tashabbusi barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zMTDP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar masalalari bo‘yicha mutaxassisi Nomozboeva Nargiza talabalarni jamiyat tayanchi sifatida zamonaviy intelektual shaxs bo‘lishga chorladi. Ushbu tadbir bahs-munozaralarda davom ettirildi. Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan talabalar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maxsus sovg‘alari bilan taqdirlandilar.