Akademik Aziz Qayumovning ilmiy-ijodiy merosi

“Bugun universitetda xuddi shu mavzuda respublika anjumani o‘tkazildi.” 

      2021-yil 25-yanvar kuni O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “Akademik Azizxon Qayumovning ilmiy-ijodiy merosi” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

       Anjumanada so‘zga chiqqan adabiyotshunos olimlar akademik Aziz Qayumovning o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganish, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo‘nalishlarini tadqiq etishga qo‘shgan hissasini yoritish ilmiy -ijodiy va pedagogik faoliyati, eng qadimgi davr yozma yodgorliklari, Alisher Navoiy ijodini o‘rganishning nazariy va uslubiy asoslari, Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hamda Aziziyning badiiy mahorati masalalarini o‘rganish xususida mulohaza bildirishdi.

        Konferensiyada  “Mumtoz adabiyotning benazir olimi», “Azizxon Qayumovning essenavislik mahorati», “Qo‘qon adabiy muhiti Aziz Qayumov talqinida”,  “Aziziyning “Navoiyga ta’zim” she’rlar to‘plami to‘g‘risida” kabi qiziqarli ma’ruzalar tinglandi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.