Talabalar uchun yana bir imkoniyat

“Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabalari endilikda zamonaviy Ma’naviyat markaziga ega bo‘ladilar.”

    Bu haqda joriy yilning 18-yanvar kuni universitet rektori Sh.Sirojiddinov mas’ul rahbarlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda qayd etdi. Ma’naviyat markazi tashkil etilishi o‘tgan o‘quv yilida rejalashtirilgan va ta’mirlash hamda jihozlash ishlari boshlab yuborilgan edi. 18-yanvar kuni barcha mas’ullar birgalikda Ma’naviyat markazi uchun ajratilgan binolarni ko‘zdan kechirishdi. Ushbu markazda zamonaviy AKT xonasi, to‘garaklar, kinozal, repetitsiyalar zali, sahna, kiyinish xonasi va garderob tashkil etilishi mo‘ljallangan. Shuningdek  Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.v.b A.Sobirovga mazkur xonalarni  tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha  rasmiylashtirish  yuzasidan topshiriqlar berildi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.