Pokistonda Alisher Navoiy o‘zbek tili markazi ochildi

“O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi Peshovar universiteti qoshidagi Alisher Navoiy o‘zbek tili markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.”

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat tilini rivojlantirish departamenti sa’y-harakati bilan yangi tahrirda chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitoblar to‘plami hamda Alisher Navoiy qalamiga mansub bo‘lgan asarlar, turli adabiyot va to‘plamlar tantanali ravishda markazga topshirildi. Bu haqid «Dunyo» AA xabar bermoqda.

Shuningdek, elchixona tashabbusi bilan universitetda Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan ilmiy adabiy anjuman o‘tkazilib, unda tilshunos olimlar, mutaxassislar hamda talabalar buyuk mutaffakir hayoti, faoliyati, ijodi va tarixda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda Alisher Navoiyning o‘zbek tili rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi va ilmiy ijodi yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.