Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi G.Jo‘rayeva, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash a’zosi N.Yusupova, O‘zbek tili va adabitotini o‘qitish fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash a’zosi G.Safarova, oliy toifali shifokor M. Muhamedova, universitet professor-o‘qituvchilari va universitetning barcha talaba qizlari ishtirokida talaba qizlarning sog‘ligini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyat darajasini oshirish hamda uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini shuningdek, Vazirlar Mahkamasininig “Ayollar va o‘sib kelayotgan yosh avlod sog‘ligini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 2002-yil 25-yanvardagi 32-son qaror bn tanishtirish maqsadida ZOOM platformasida davra suhbati o‘tkazildi.
Oliy toifali shifokor M.Muhamedova talaba qizlar orasida oilalarni sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning salbiy oqibatlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, zararli odatlar- gigiyena qoidalarini buzish va salomatlikka ziyon keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni oldini olish bo‘yicha maslahatlarini berib o‘tdi. O‘smirlar ruhiy salomatligi va qizlarda kuzatiladigan o‘zgarishlar sabablari va oqibatlari to‘g‘risida gapirdi.
Talaba qizlarimizning bu masalada bergan savollariga to‘liq javob berib, doimo gigiyena talablariga rioya qilib, sog‘lom turmush tarzida yashash barchamizning kundalik vazifamiz ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Davra suhbati qiziqarli davom etib, talaba qizlarimiz o‘zlari uchun kerakli barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.