Axborot-resurs markazi yangi adabiyotlar bilan boyidi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti axborot-resurs markazining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish va undan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida vazirlikning Ishlar boshqarmasidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi” nomli kitobdan 32 ta, “O‘zbekiston-Yaponiya: strategik hamkorlik sari” nomli kitob-albomidan 6 ta, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobidan 15 ta,  “Davlat tilida ish yuritish” kitobidan 3 ta, “Do‘stlik Xamsasi” kitobidan 3 ta, “Tarixiy tadqiqotlarning metodologiyasi va zamonaviy usullari” ilmiy-ommabop asaridan 2 ta hamda Ibn Sino jamoat fondi tomonidan ajratilgan plakatlar hamda bukletlar olib kelindi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.