
“Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU vakillari universitet huzuridagi Nukus kompyuter lingvistikasi texnikumi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.”
19-23-noyabr kunlari Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Nukus kompyuter lingvistikasi texnikumining yangi 2020/2021-o‘quv yiliga tayyorgarligi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘rganish maqsadida Nukus shahriga borildi. Mazkur texnikum xodimlari va ularning yangi 2020/2021-o‘quv yiliga tayyorgarligi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlari to‘g‘risida ma’lumotnoma tayyorlandi.
Unga asosan, texnikum o‘quv binosining umumiy holati va quvvati, o‘quv xonalari, sport zal, oshxonalarning sanitariya talablariga to‘liq javob berishi, texnikum hududida obodonlashtirish ishlarini olib borilganligi, ta’lim muassasasi infratuzilmasi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorligi, internet tarmog‘iga ulanganlik holati, o‘quv xonalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanish darajasi va ularning holati kabi yo‘nalishlarda o‘rganishlar olib borildi.