Noyob manbalarni asrash va tadqiq qilish istiqbollari

Xorazm Ma’mun akademiyasida 2020-yil 20-noyabr kuni “Qadimiy noyob manbalarni tadqiq qilish va ularni asrash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’mun akademiyasi rasmiy  sayti  bu haqda xabar bermoqda. 

Uchrashuvda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsent, tarjimon Rashid Zohidov, Xorazm Ma’mun akademiyasida faoliyat olib borayotgan
A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasi rahbari, filologiya fanlari doktori Abdulla O‘rozboyev, Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat Axborot kutuxona markazi mutaxassisi Shuhrat Matkarimov, Xiva shahar imom-xatibi Xodjayev Bektemir, Xiva “Ichanqal’a” muzey-qo‘riqxonasi fondi rahbari Komiljon Xudoyberganov, Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar bo‘limi boshlig‘i, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mashrif Abdullayev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” kafedrasi tayanch doktoranti Azamat Atayev, “Ichanqal’a” muzey-qo‘riqxonasi “Xon harami” bo‘limi mudiri Djumaniyozov Farruxbek,   Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Raufjon Mahmudov kabi olimlar, soha ixlosmandlari qatnashdi.

Olimlar Xorazm Ma’mun akademiyasi qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar, ularni saqlash va tiklash, elektron nusxalarini yaratish ustida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishdilar. Ishtirokchilar Xorazm Ma’mun akdemiyasi noyob qo‘lyozmalar fondini yanada boyitishda mintaqaviy hamda xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish haqida fikr almashdilar. 

Uchrashuvda, shuningdek, Xorazm Ma’mun akademiyasida faoliyat olib borayotgan
A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasi va  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” kafedrasi o‘rtasida shartnoma tuzilib, o‘zaro hamkorlik qilish, elektron manbalar almashishga kelishib olindi.

Yakunda olimlar Xorazm Ma’mun akademiyasi muzeyiga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan o‘lkamiz tarixiga oid muzey eksponatlari: noyob qo‘lyozmalar, arxeologik topilmalar bilan tanishdilar.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.