“O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakultetining 1-kurs talabalari Abdulla Qodiriy va Yunus Rajabiy uy-muzeylarini sayohat qilishdi.”
2021-yilning 4-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 1-kurs talabalari filologiya fanlari nomzodi Shoira Isayeva bilan birga Abdulla Qahhor va Yunus Rajabiy uy-muzeylariga bordilar.
Muzeyni sayr qilish davomida talabalar XX asr o‘zbek adabiyotining ulkan vakili Abdulla Qahhor ijodi va hayoti haqida jonli tasavvurga ega bo’ldilar. Shuningdek, talaba-yoshlar o‘zbek musiqa san’atining yetuk namoyondasi Yunus Rajabiy uy-muzeyida ham o‘zgacha taassurot oldilar.