Navoiy ijodi Britaniyada e‘tirof etildi

“Joriy yilning 8-fevral, kuni Oʻzbekistoning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi Alisher Navoiy sheʼriyatiga bagʻishlangan juda nufuzli xalqaro sheʼriyat anjumanini ZOOM dasturi orqali tashkil qildi.”

 

       Joriy yilning 8-fevral, kuni Oʻzbekistoning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi Alisher Navoiy sheʼriyatiga bagʻishlangan juda nufuzli xalqaro sheʼriyat anjumanini ZOOM dasturi orqali tashkil qildi. Unda Oʻzbekiston va Buyuk Britaniyadan nufuzli navoiyshunos olimlar va siyosatchilar qatnashdi, jumladan Senator Baxtiyor Sayfullayev, Madaniyat Vazirligidan Komila Akilova, Sherzod Asadov, tarjimon va shoir Aʼzam Obidov (oʻz tarjimasi bilan), Britaniya Lordlar palatasidan Lord Piter Lilley,  Britaniya madaniyat vazirligi va Universitetlardan Karolina Dinenij, Bota Hopkinson,  Sofi Ibbotson,  shoir Andru Stanliend va Britaniya Kutubxonasi xodimi Maykl Edman   va boshqalar qatnashdi. Shoir Andru Stanliend  oʻz maʼroʻzasida Navoiydan qilingan tarjimalar (Aʼzam Obid tarjimasini nazarda tutadi) Fransuz tiliga qilingan tarjimalarga qaraganda ancha sifatsiz ekanligini va shuning uchun ham gʻazallarni Fransuz tilida oʻqish afzalligini taʼkidlaydi. U oʻzi Oʻzbekistonga ikki marta kelganligi va Oʻzbekiston unga jozibali mamlakat ekanligini koʻrib, ruhlanib, ilhom olib oʻz sheʼrlarini yozadi. Sheʼr yozishda Navoiy sheʼrlari shakliga va ayniqsa satrlardagi qofiyalanishdagi unli tovushlar uni oʻziga jalb qiladi va shu unli tovushlar bilan tugaydigan satrli sheʼrlar yozishga urinib koʻrganligini aytib, sheʼrlaridan misollar keltiradi. Afsuski, sheʼrlari modernizm uslubiga oʻxshab mazmun va shakl birligidan ancha uzoq ekanligi unda koʻrinib turibdi. U Chigʻatoy tilini bilmaganligi uchun Alisher Navoiyni ingliz tiliga tarjima qilishdan tiyilganligini masʼuliyat bilan tan oladi.  Mehmonlar Alisher Navoiyni Angliyadagi oʻrta asrlar adiblari Jeffri Choser, Uilyam Shekspirlar zamondoshi va ijodlarida ham mushtaraklik borligini taʼkidlaydilar.  Britaniya kutubxonsi ilmiy xodimi Maykl Edman kutuxonada Sharq mumtoz adiblarining150 dan ortiq qoʻlyozmalari borligini, va shundan 40 tasi Alisher Navoiy qalamiga mansub ekanligini taʼkidlaydi. Tadbir yakunida tomonlar kelajakda Alisher Navoiy asarlarini chuqur va keng oʻrganish, uning haykalini Angliyada va Uilyam Shekspir haykalini esa Oʻzbekistonda oʻrnatish taklifini bildirdilar.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.