“Joriy yilning 6-fevral kunu Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi taklifiga ko‘ra AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisining maslahatchisi Joanne Kramb tashrif buyurdi.”
Joriy yilning 6-fevral kunu Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi taklifiga ko‘ra AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisining maslahatchisi Joanne Kramb tashrif buyurdi. Elchining ta’lim va madaniyat bo‘yicha maslahatchisini Tarjima nazariyasi va amliyoti fakulteti dekani Anvar Sayfullaev, xorijiy tillar kafedrasi mudiri Akmal Abdiyev hamda shu kafedra o‘qituvchisi Fotima Abdulaminova kutib oldilar. Uchrashuvda elchixona vakili Feruz Akobirov va Fulbright dasturi qatnashchisi Karolin Mitchell ham ishtirok etdi.
O‘zaro suhbatda ta’lim va madaniyat sohasida mamlakatlararo amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami, bu jarayonda har ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalarining o‘rni xususida so‘z yuritildi. Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU bilan turli masalalarda hamkorlik bo‘yicha taklif-mulohazalar bildirildi. Universitetimizning AQSH elchixonasi bilan birgalikda amalga oshirish rejalashtirilayotgan qator loyihalar xususida aniq takliflar o‘rtaga tashlandi. Ushbu tashrifning amaliy natijalari tez kunda bo‘y ko‘rsatishidan umidvormiz.