Axborot-resurs markazimiz O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan chop etilgan yangi adabiyotlar bilan boyidi!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti axborot-resurs markazining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish va undan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan chop etilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” (O‘quv qo‘llanma), “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi Davomini o`qish …

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘qituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi

Muhtaram ustoz va murabbiylar!   Barchamizning hayotda sog‘lom va komil inson bo‘lib voyaga yetishimizda ota-onamiz bilan birga muallim va o‘qituvchilarimizning o‘rni beqiyos. Shuning uchun  Sizlarga har qancha ta’zim qilsak, shuncha kam! Muhtaram Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda, ko‘zlari yonib turgan,  iqtidorli Davomini o`qish …

An’anaviy “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” konferensiyasi to‘plami e’lon qilindi

“Uzoq kutilgan to‘plam vanihoyat talabalar e’tiboriga havola etilmoqda.”   Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish, ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2019-yil 30-aprelda an’anaviy “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk Davomini o`qish …

“Yosh tarjimonlar” to‘garagi o‘z faoliyatini boshladi

Tarjima laboratoriyasi huzurida “Yosh tarjimonlar” to‘garagi o‘z ishini boshladi . To‘garak a’zolari o‘zbek adabiyotining eng sara asarlarini ingliz tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar. Qiziquvchi talabalarni to‘garakka taklif etamiz. To‘garak rahbari: Qosimboy Ma’murov. Savollar bilan laboratoriya xodimasi Diyora Abdujalilovaga murojaat qiling. Davomini o`qish …