Axborot-resurs markazimiz O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan chop etilgan yangi adabiyotlar bilan boyidi!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti axborot-resurs markazining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish va undan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan chop etilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” (O‘quv qo‘llanma), “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”, “Missionerlik: mohiyat, maqsadlar, oqibatlar va oldini olish yo‘llari” (yuz savolga-yuz javob), “Diniy mutaassiblik: mohiyat, maqsadlar va oldini olish yo‘llari”, “Diniy bag‘rikenglik va mutaassiblik” (yuz savolga-yuz javob), “Islom niqobi ostidagi ekstremistik va terrorchi uyushmalar”, “Islom ma’rifati va hozirgi zamon”, “Ilmdan boshqa najot yo‘q” kabi adabiyotlar olib kelindi. Endilikda universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ushbu adabiyotlardan foydalanishlari uchun elektron shaklini Axborot-resurs markazi veb sahifasi(www.arm.navoiy-uni.uz)ga joylashtiriladi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.