
Jamiyatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha tarmoqlarida o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning 5 mart kuni soat 11:00 da Toshkent shahridagi Yoshlar markazida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan “Buyuk buyuklikda sening tenging yo‘q, olamning baxtisan, tojisan ayol!” mavzusida bayram dasturi tashkil etildi.
Bayram dasturi davomida oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida “Yoshlik malikasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi hamda ushbu ko‘rik-tanlov hamda bayram dasturilarida universitetimizning 52 nafar talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi.