
2020-yil 13-fevral kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili fakulteti professor-o‘qituvchilari va talablari tomonidan “Bir asrning ikki buyuk darg‘asi” mavzusidagi badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Abdulxay Shukurovich Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda O‘zbek milliy akademik drama teatrining yetakchi aktrisasi – elimizning mashhur va sevimli san’atkori Shohidaxonim Ismoilova ham ishtirok etdilar. Sh.Ismoilova o‘z aktyorlik faoliyati davomida Alisher Navoiy va Bobur siymolari yaratilgan spektallarda yaratgan rollari haqida talabalarga qiziqarli voqealarni hikoya qilib berdi, talabalar ushbu xotiralarni qiziqish bilan tinglab, Shohidaxonimga minnatdorchilik bildirishdi.
So‘ngra O‘zbek tili fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqish namoyish qilindi. Bu chiqish ham tadbir ishtirokchilariga juda ma’qul bo‘ldi. Ayniqsa, kafedra o‘qituvchisi Mansur Siddiqov tomonidan yozilgan “Navoiy va Bobur” suhbati qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi. M.Siddiqov mazkur xayoliy suhbatni “Boburnoma” va ularning yozishmalari asosida o‘zi yozdi va ushbu suhbat talabalar tomonidan mohirona ijro etildi. Tadbirda slaydlar yordamida Alisher Navoiy va Boburning hayotiga oid qiziqarli va kam o‘rganilgan ma’lumotlar ham taqdim etildi.