23-maktab faoliyati o’rganildi

        Alisher  Navoiy  nomidagi oʻzbek tili va  adabiyoti  universiteti  “Oʻzbek adabiyotini oʻqitish”  kafedrasi   professor  oʻqituvchilari  Zangiota tumanidagi 23-maktabga  tashrif  buyurib,  maktab  bilan  hamkorlikni  yoʻlga  qoʻydi. Jumladan, kafedra  mudiri  f.f.nomzodi  dotsent  Margʻuba  Abdullayeva, f.f.doktori  professor Roza  Niyozmetova,  f.f.doktori, dotsent  Xurshida  Xamrakulova, f.f.nomzodi, katta  oʻqituvchi  Hoshimjon Ahmedov  maktab  faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Maktabda o‘qituvchilar salohiyatini aniqlash maqsadida ulardan o‘zlarining mutaxassisliklari bo‘yicha test olindi hamda maktab kutubxonasiga kafedra tomonidan badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. Bundan tashqari uchrashuv davomida ushbu maktabda fanlarni o‘qitish bo‘yicha tug‘ilayotgan muammolar yuzasidan suhbatlar olib borildi hamda takliflar va kamchiliklar o‘rganilib bu muammolarga kafedra tomonidan amaliy yordam berilishiga kelishib olindi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.