Yoshlarda kitobxonlikka mehr uyg‘otish, adabiyot bilan do‘stlashishga targ‘ib qilish maqsadida Toshkent shahri va viloyatida joylashgan 38 ta OTMlarga kitoblar jamlanmasi hadya etildi.

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamkorlikda Toshkent shahri va viloyatida joylashgan 38 ta OTMlarga jami 13000dan ortiq, qiymati 121 million so‘mga teng bo‘lgan kitoblar jamlanmasi bepul taqdim qilindi.

Yoshlarda kitobxonlikka mehr uyg‘otish, adabiyot bilan do‘stlashishga targ‘ib qilish bo‘yicha OTM mas’ul hodimlari va OTV huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Mirzohid Botirov ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir yakunlangach har bir OTMga 74 xildagi jami 329 ta kitob taqdim etildi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.