YOSH TADQIQOTCHILAR DIQQATIGA!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2020-yil 16-noyabrda “Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Anjumanda quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:

I sho‘ba. Tilshunoslik.

II sho‘ba. Adabiyotshunoslik.

III sho‘ba. Tarjimashunoslik.

IV sho‘ba. O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi.

Maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz tillarida qabul qilinadi. Anjuman onlayn tarzda sho‘balarga bo‘lib o‘tkaziladi.

Anjuman sho‘balari hayʼati qarorlariga ko‘ra “Eng dolzarb mavzudagi maqola”, “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola”, “Eng tirishqoq yosh mutaxassis” yo‘nalishlarida e‘tirof etilgan talabalar alohida sertifikat bilan taqdirlanadi.

Tashkiliy qo‘mita kelgan materiallarni saralash va tanlash huquqiga ega. Maqolalar 2020-yilning 20-oktyabrigacha @filconfuz2020_bot telegram boti orqali qabul qilinadi.

TALAB BOʻYICHA YUBORILMAGAN VA SOHA MUTAXASSISI TAVSIYA XATI BO‘LMAGAN MATERIALLAR QABUL QILINMAYDI.

Anjumanda qatnashish bepul!

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.