“Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Vali universiteti bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.”
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Vali universiteti bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Agzamxo‘jayev, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mehmet Sureyya Er, TURKSOY bosh kotibining birinchi o‘rinbosari doktor Bilal Chakichi, Anqara Hoji Bayram Vali universiteti rektori professor Yusuf Tekin, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU rektori Shuhrat Sirojiddinov va ko‘plab adabiyotshunos olimlar ishtirok etishdi. Anjuman davomida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida taʼlim va ilm-fan rivojiga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun universitet Kengashining qabul qilgan qaroriga koʻra, Anqara Hoji Bayram Vali universiteti rektori, professor Yusuf Tekin, shu universitet prorektori professor Aydin Karapinar va Anqara Hoji Bayram Vali universiteti “Zamonaviy turkiy tillar va adabiyotlari” boʻlimi dotsenti Vali Savash Yeloʻk janoblariga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti FAXRIY PROFESSORI unvoni berildi. Anjuman qatnashchilari tomonidan Alisher Navoiyning boy adabiy, ilmiy merosiga oid sermazmun ma’ruzalar tinglandi.