VATANIMIZ MUSTAQILLIGINING 29 YILLIGI MUNOSABATI BILAN “MENING O‘ZBEKISTONIM” NOMLI KO‘RGAZMA OCHILDI

 

Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!

 

        O‘zbekiston Badiiy akademiyasining markaziy ko‘rgazmalar zalida Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Mening O‘zbekistonim” nomli ko‘rgazma ochildi.

 

      “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan ko‘rgazma ekspozitsiyasidan 100 ga yaqin muallif tomonidan yaratilgan rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, dekorativ amaliy va zargarlik san’ati asarlaridan iborat 250 dan ziyod ijod namunasi o‘rin olgan.

Rangtasvir ustalari, jumladan, Fayzulla Ahmadaliev, Iskra Shin, Dilorom Mamedova, Xurshid Ziyoxonov, Rimma Gagloeva, Shuhrat Abdumalikov, Azamat Hotamov, Qudratilla Ajimetov, Vladimir Burmakin, Anvar Mirsoatov, Hakim Mirzahmedov, Imyar Mansurov, Vera Nechaeva, Tohir Karimov, Tatyana Fadeeva, Rustam Bozorov va boshqa bir qator rassomlar asarlarida beqiyos va go‘zal o‘lkamizga bo‘lgan muhabbat yorqin bo‘yoqlar orqali ifodalangan.

Shuningdek, ko‘rgazmada yosh rassomlar Anvar Hakimbekov, Gulnoz Jalolova, Sarvinoz Qosimova, Kamila Izmailovalar ham o‘z asarlari bilan ishtirok etmoqda.

Ijodkorlar o‘zlarining eng sara asarlari orqali go‘zal diyorimizning ko‘rkam ko‘chalari, tarixiy obidalari, o‘lkamizning keng vodiylari, o‘zbek ayollarining timsoli va Vatanni mahorat bilan tarannum etgan.

 

 

Gulnoza BOBOEVA, Temur MAMADAMINOV (surat), O‘zA

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.