O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari, ustoz-murabbiylari Zoom platformasida bayram tadbirini ko‘tarinki ruhda nishonladilar. Tadbirda O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor, filologiya fanlari doktori S.Normamatov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.b. filologiya fanlari doktori, professor Abdulhay Sobirov, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mas’ul xodimi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Eldor Shermonov talaba-yoshlarni, universitetimiz jamoasini eng ulug‘, eng aziz bayramimiz bilan tabrikladi. Talabalarimiz ijrosidagi ozodlik, hurriyat haqidagi kuy-qo‘shiqlar, monologlar , she’riy guldastalar bayram tadbiriga fayz kiritdi.