
“Sportning, sog‘lom turmush tarzining ahamiyatini, sog‘liq doimo qadrli ekanini barchamiz, ayniqsa, pandemiya davrida yaxshiroq angladik.”
Universitetimiz ustozlari ham sog‘lom turmush tarziga amal qilishga, doimiy ravishda sport bilan shug‘ullanishga ahd qilishgan.
Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rahbariyati va Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “Jismoniy madaniyat, sog‘lom turmush tarzi mustahkam immunitet garovi”(pandemiyaga qarshi jamoaviy aksiya) shiori ostida universitet kafedra va fakultetlararo professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi.
Sport musobaqasida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti hamda O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetlari professor-o‘qituvchilari faol bo‘lishdi. Musobaqada 35 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Sport musobaqasi qatnashchilari 5 ta sport turi bo‘yicha bellashdilar.
Ushbu musobaqada erkaklar o’rtasida o’rinlar natijasi: 1-Xalilov Shokir,
2-Aslanov Ilhom, 3-Xoliqov Bahodir. Ayollar o’rtasidagi natija: 1-Sulaymonova Nigora, 2-Yusupova Nargiza, 3-Rashidova Nargiza.