ToshDO‘TAU o‘qituvchilari “Temurbeklar maktabi”da seminar tashkil etishdi.

“Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari bilan ham hamkorlik qiladi.”

Bugun O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi “Temurbeklar maktabi” bilan hamkorlik shartnomasi asosida seminar-trening tashkil qildi.
“Xalqaro qidiruv bazalar (SCOPUS, Researchgate, Scholar.google) bilan ishlash masalalari” mavzusida ma’ruza qilindi. Pedagog-o‘qituvchilar bilan Xalqaro qidiruv bazalar (Scopus, Researchgate, Scholar.google)da ishlash masalalari haqida fikrlar almashildi. Seminar-treningni kafedra mudiri filologiya fanlari nomzodi, dotsent Marg‘uba Abdullayeva  Do‘smiratovna, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Shahnoza Rahmonova  Muhitdinovna olib borishdi.  Bu kabi seminarlar endi doimiy ravishda davom etadi.

Matnlarda xatolikka ko`zingiz tushsa, xato jumlani tanlab Ctrl+Enter tugmalariga bosing va bu haqda administratorga xabar yuboring.