Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga ko‘maklashish maqsadida Toshkent shahar Yoshlar markazi binosida tashkil etilgan Qo‘ng‘iroqlar markazi (Call centre – 1003)ga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan 56 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar ixtiyoriy ravishda yordam berib kelmoqda. Professor-o‘qituvchilar qo‘ng‘iroqlar markazida fuqarolar tomonidan berilayotgan savollarga javob berib, Covid-19 infeksiyasi aniqlangan, uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga tavsiyalar berishmoqda. Yoshlar markazi binosida tashkil etilgan Qo‘ng‘iroqlar markazi (Call centre – 1003)da hamkasblarimizning faoliyati davom etmoqda.